Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 4
(1-46)

Ana o’sha muqaddas daftarning eng mukammali, qirq taraflama mo’`jiza va har daqiqada hech bo’lmaganda yuz millionning tilida yangragan, nur sochgan va har bir harfida kamida o’n savob va o’n hasanot va ba`zan o’n ming va ba`zan esa, Laylatul-Qadr siriga ko’ra, bir harfiga o’ttiz ming hasanot va mevai jannat va barzox nurini bergan, Qur`oni Mo’`jizul-Bayondir. Shu maqomda bunga raqobat qiladigan koinotda hech qanday kitob yo’qdir va hech bir kimsa uni ko’rsata olmas. Modomiki, qo’limizdagi bu Qur`on, samovot va arzning Xoliqi Zuljalolining mutlaq rububiyati nuqtasidan va azamati uluhiyati jihatidan va keng qamrovli rahmatining tarafidan kelgan kalomi, farmoni, rahmatining bir ma`dani ekan, unga yopish... Ichida har dardga bir davo, har zulmatga bir ziyo, har tushkunlikka bir umid bordir.

Ushbu abadiy xazinaning kaliti, iymondir va taslimdir va uni tinglab qabul etmoq va o’qimoqdir.

BESHINCHI UMID.

Bir zamon keksaligimning boshida, tanholik orzusida Istanbulning Bo’g’oz tarafidagi Yusho Tepaligida, ruhim yolg’iz qolib bir istirohat istadi. Bir kun u yuksak tepalikdan ufqqa va atrofga boqdim. Keksalikning eslatmasi ila g’oyat hazin va o’kinchli bir zavol va firoq lavhasini ko’rdim. Umrim daraxtining qirq beshinchi yili bo’lgan qirq beshinchi novdasidagi yuksak maqomidan hayotimning to pastki tabaqalariga nazar soldim. Ko’rdimki, pastki har bir novdadagi har bir yilda sevganlarimning, aloqador bo’lganlarimning va tanishlarimning hadsiz janozalari bor. Va ul firoq va ayriliqdan kelgan g’oyat achinarli bir ma`naviy qayg’u ila Fuzuliy Bag’dodiy kabi, mendan ajragan do’stlarimni o’ylab, nola qilib,

 

"Vaslini yod aylagan sari yig’larim,

To nafas bor bu quruq jismimda, faryod aylarim."

 

deya bir tasalli, bir nur, bir umid eshigini izladim. Birdan, oxiratga iymon nuri madadga yetib keldi. hech so’nmas bir nur, hech uzilmas bir umid berdi.

Ha, ey men kabi keksa birodar va hamshiralar! Modomiki, oxirat bor va modomiki u boqiydir va modomiki dunyodan ham go’zaldir va modomiki bizni yaratgan zot ham Hakiym, ham Rahiymdir... Keksalikdan shikoyat va afsus etmasligimiz kerak. Aksincha keksalik, iymon ila ibodatda kamol yoshiga yetib, hayot vazifasidan ozod etilish va istirohat uchun olami rahmatga ketmog’lik alomati ekanini tushungan holda, undan mamnun bo’lmog’imiz darkor.

Аудио мавжуд эмас