Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 3
(1-46)

TO’RTINCHI UMID.

Bir zamon keksalikka qadam qo’ygan chog’im, g’aflatni davom etdiruvchi tan-sihatim ham buzulgandi. Keksalik bilan xastalik birlashib menga hujum qildilar. Boshimga ura-ura uyqumni qochirdilar. Bola-chaqa, mol kabi meni dunyo bilan bog’laydigan aloqalar ham yo’q edi. Yoshlik beboshligi ila zoe ketkazgan sarmoyai umrimning mevalarini gunohlar va xatolardan iborat ekanini ko’rdim. Niyoziy Misriy kabi faryod aylab dedim:

 

"Bir tijorat qilmadim, naqdi umr bo’ldi habo,

Yo’lga keldim, lekin ketmish jumla karvon bexabar.

Yig’ladim nolon etib, tushdim yo’lga tanho g’arib;    

Diyda giryon, siyna biryon, aql xayron bexabar".

 

O’sha vaqt g’urbatda edim. Ma`yusona bir hazinlik va nadomatkorona bir afsus va madadga muhtoj bir xasrat his qildim. Birdan Qur`oni Mo’`jizul-Bayon madad berdi. Menga shunchalar quvvatli bir umid eshigini ochdi va shunday Haqiqiy bir tasalli ziyosini berdiki, avvalgi vaziyatimdan yuz barobar ustun bo’lgan umidsizlikni ham yo’q qilib, u zulmatlarni oydinlata olardi.

Ha, ey men kabi dunyo ila aloqalari kesila boshlagan va dunyo bilan bog’langan iplari uzilishga yuz tutgan muhtaram va muhtarama keksalar! Bu dunyoni eng mukammal va muntazam bir shahar, bir saroy hukmida yaratgan bir Soni`i Zuljalol, ul shaharda va ul saroyda eng ahamiyatli mehmonlari va do’stlari ila suhbatlashmasligi, ko’rishmasligi hech mumkinmidir? Modomiki, o’zi bilgan holda bu saroyni yaratgan va iroda va ixtiyor ila qurgan va ziynatlagan ekan, albatta "Qilgan biladi" qoidasi kabi, "Bilgan gapiradi.U Modomiki, bu saroyni, bu shaharni biz uchun go’zal bir mehmonxona va tijoratgoh qilgan ekan, albatta bizga nisbatan munosabatini va bizdan kutgan orzularini bayon etadigan bir daftari, bir kitobi bor bo’lishi kerakdir.

Аудио мавжуд эмас