mektubot | IKKINCHI MAKTUB | 1
(1-2)

 

IKKINCHI MAKTUB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

 (Ul mazkur va ma`lum talabasining hadyasiga javoban yozgan maktubdan bir parchadir.)

Uchinchidan: Menga bir hadya yubording. G’oyat ahamiyatli bir qoidamni buzmoq istabsan. Men: «Ukam va jiyanim – Abdulmajid va Abdurrahmondan qabul etmaganim kabi sendan ham qabul qilmayman,» demayman. Chunki sen ulardan ancha oldinda va ruhimga yaqinroq bo’lganingdan, har kimning hadyasi rad qilinsa-da, seniki bir martaga maxsus rad qilinmaydi. Biroq, shu munosabat bilan u qoidamning sirini so’ylayman. Ya`ni:

Eski Said minnat olmasdi. Minnatga qolgandan ko’ra o’limni afzal ko’rardi. Ko’p zahmat va mashaqqat chekkani holda qoidasini buzmadi. Eski Saiddan sening bu bechora qardoshingga meros qolgan shu xislat esa, zohidlik va sun`iy bir istig’no emas, balki to’rt-besh jiddiy sabablarga asoslangan.

Birinchisi: Ahli zalolat ahli ilm haqida, ilmni vositai jar qiladi, deb tuhmat qiladilar. Ya`ni, «Ilmni va dinni o’zlarining tirikchiligiga vosita qiladilar,» deb insofsizlarcha ularga hujum qilmoqdalar. Bularni amalimiz bilan bartaraf etmog’imiz lozim bo’ladi.

Ikkinchisi: Haqni yoyishda anbiyolardan o’rnak olishga mukallafdurmiz. Qur`oni Hakiymda, haqni yoyuvchilar:
 
اِنْ اَجْرِىَ اِلاَّ عَلَى اللّهِ { اِنْ اَجْرِىَ اِلاَّ عَلَى اللّهِ, deya insonlardan istig’no qilganlari bayon qilinadi. Surai Yosindagi 
 اِتَّبِعُوا مَنْ لاَ يَسْئَلُكُمْ اَجْرًا وَهُمْ مُهْتَدُون jumlasi masalamizning tom ma`nosini ifodalaydi.

Uchinchisi: Birinchi So’zda bayon etilgani kabi, Alloh nomidan bermoq, Alloh nomidan olmoq lozimdir. Holbuki, aksariyatda, yo bergan g’ofildir – o’z nomidan beradi, zimdan bir minnat qiladi; yohud olgan g’ofildir – Mun`imi Haqiqiyga oid shukrni, sanoni zohiriy sabablarga beradi, xato qiladi.

Аудио мавжуд эмас