mektubot | SAKKIZINCHI MAKTUB | 1
(1-2)

 

SAKKIZINCHI MAKTUB

بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

الرَّحْمنِ الرَّحِيم ismlari بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيم jumlasiga kirganlarining va har bir muborak ishning boshida zikr qilinishlarining ko’p hikmatlari bor. Ularning bayonini boshqa vaqtga qoldirib, hozircha o’zimga oid bir hissimni so’ylayman.

Qardoshim, men الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ismlarini shunday bir nuri a`zam ma`nosida ko’ryapmanki, butun koinotni qamrab olgan va har bir ruhning barcha abadiy ehtiyojlarini qondiradigan va hadsiz dushmanlaridan omon saqlaydigan, nurli va quvvatli ko’rinmoqdalar. Va bu ikki nuri a`zam bo’lmish ismlarga etishmoq uchun topgan eng muhim vositam: faqr ila shukr, ajz ila shafqatdir. Ya`ni ubudiyat va iftiqordir.

Shu masala munosabati bilan xotirga kelgan va muhaqqiq olimlarga, hatto ustozlarimdan biri bo’lmish Imomi Rabboniyga muxolif o’laroq deymanki, Hazrati Yoqub Alayhisslomning Yusuf Alayhissalomga nisbatan shiddatli va porloq hissiyoti muhabbat va ishq emasdir, balki shafqatdir. Chunki shafqat ishq va muhabbatdan ko’ra g’oyat keskin va porloq va oliy va pokdir. Va payg’ambarlik maqomiga loyiqdir. Ammo, muhabbat va ishq majoziy mahbublarga va maxluqlarga nisbatan shiddatli darajada bo’lsa, payg’ambarlikning ul yuksak maqomiga loyiq kelmaydi. Demak, Qur`oni Hakiym o’zining porloq bir i`jozi bilan porloq bir suratda ko’rsatgan va ismi Rahiymga yetishishga vosita bo’lgan Hazrati Yoqub (a.s.)dagi ushbu hissiyot, shafqatning yuksak bir darajasidir. Ismi Vadudga yetishishga vosita bo’lmish ishq esa, Zulayhoning Yusuf Alayhissalomga bo’lgan muhabbati masalasidadir. Demak Qur`oni Mo’`jizul-Bayon Hazrati Yoqub Alayhissalomning hissiyotini Zulayhoning hissiyotidan naqadar yuksak ko’rsatgan bo’lsa, shafqat ham shu daraja ishqdan yuksak ekani ko’rinadi.

Аудио мавжуд эмас