mektubot | SAKKIZINCHI MAKTUB | 2
(1-2)

Ustozim Imomi Rabboniy majoziy ishqni payg’ambarlarga uncha munosib ko’rmagani uchun deganki: «Yusufning husni uxroviy husnlar navidan bo’lgani uchun, unga bo’lgan muhabbat majoziy muhabbatlar navidan emasdirki, qusurli bo’lsa». Men esa deymanki: «Ey Ustoz! Bu takallufli bir ta`vildir (izohdir). Haqiqat shu bo’lmog’i kerakdirki: U muhabbat emas, balki yuz daraja muhabbatdan yanada porloq, yanada keng, yanada yuksak bo’lgan bir shafqat martabasidir». Ha, shafqat barcha navlari bilan latif va sofdir; ishq va muhabbatning ko’p navlari singari tubanlikka ketilmaydi.

Ham shafqat juda kengdir. Bir zot farzandiga shafqat his etish munosabati bilan barcha bolalarga, hatto jonzotlarga shafqatini ixota etadi va Rahiym ismining ixotasiga bir navi oynadorlik qiladi.. Holbuki, ishq mahbubigagina butun nazarni qaratib, har narsani mahbubiga fido qiladi. Yohud mahbubini yuksaklarga ko’tarmoq va sano etmoq uchun, boshqalarni pastga uradi va ma`nan yomonlaydi, hurmatlarini sindiradi. Masalan, bir odam degan: «Quyosh mahbubimning husnini ko’rib uyaladi; ko’rmaslik uchun bulutli pardasini yuziga tortadi». Ey oshiq afandi! Nima haqqing borki, sakkiz ismi A`zamning nuroniy bir sahifasi bo’lmish quyoshni bunday uyaltiryapsan?

Ham shafqat xolisdir, evaz istamaydi. Sof va beminnatdir. Hatto eng oddiy martabada bo’lgan hayvonlarning o’z bolalariga nisbatan fidokorona evazsiz shafqatlari bunga dalildir. Holbuki, ishq ajr istaydi. Ishqiy yig’ilar bir navi talabdir, bir ajr istamakdir.

Demak Qur`oniy suralarning eng porlog’i bo’lgan Yusuf surasining eng porloq nuri bo’lgan Hazrati Yoqubning (a.s.) shafqati, Rahmon va Rahiym ismlarini ko’rsatadi va shafqat yo’li rahmat yo’li ekanini bildiradi va ul shafqat alamiga davo o’laroq فَاللّهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِمِين dediradi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

Аудио мавжуд эмас