mektubot | TO’RTINCHI MAKTUB | 1
(1-3)

 

 

 

TO’RTINCHI MAKTUB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

سَلاَمُ اللّهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمْ وَ عَلَى اِخْوَانِكُمْ لاَسِيَّمَا...الخره

Aziz qardoshlarim!

Men hozir Qarag’ay Tog’ida, yuksak bir tepalikda, ulkan bir qarag’ay daraxtining tepasida, bir chayladaman. Insonlardan uzoqlashib, yolg’izlikka ko’nikib ketdim. Insonlar bilan suhbatlashgim kelganida, xayolan sizlarni yonimda tasavvur qilib, arzi hol qilaman, sizlar bilan tasalli topaman. Bir monelik bo’lmasa bir-ikki oy bu yerda yolg’iz qolish orzusidaman. Barlaga qaytsam, xohishingizga ko’ra, sizdan ko’ra ko’proq men mushtoq bo’lgan suhbatlashish chorasini izlab ko’ramiz. Hozir bu qarag’ay daraxti ustida yodimga tushgan ikki-uch xotirani yozyapman.

Birinchisi: Bir oz mahram bir sirdir, ammo sendan sir saqlanmaydi. Ya`ni:

Ahli haqiqatning bir qismi Vadud ismiga mazhar bo’lganlar va buyuk bir martabada u ismning jilvalari ila mavjudot derazalari orqali Vojibul-Vujudga boqqanlar, Shuning kabi, bu faqir qardoshingizga, faqat Qur`on xizmatida bo’lgan damlarida va ul benihoya xazinaning dalloli bo’lgan vaqtlarida, Ismi Rahiym va Ismi Hakiymga mazharlik vaziyati berilgan. Butun So’zlar o’sha mazhariyatning jilvalaridir. Inshoalloh, u So’zlar
 
وَمَنْ يُؤْتَ اْلحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَثِيرًا  siriga mazhardirlar.

Ikkinchisi: Naqshiy tariqati haqida aytilgan, «Dar tariqi Naqshibandiy lozim omad chor tark: tarki dunyo, tarki uqbo, tarki xasti, tarki tark», bo’lgan jumlai ra`no birdan yodimga tushdi. U xotira bilan birga, birdan shu jumla tug’ildi: «Dar tariqi ajzimandiy lozim omad chor chiz: faqri mutlaq, ajzi mutlaq, shukri mutlaq, shavqi mutlaq ey aziz!»

Аудио мавжуд эмас