mektubot | TO’RTINCHI MAKTUB | 2
(1-3)

So’ngra sen yozgan, «Boq kitobi koinotning safhai ranginina... ila oxir», bo’dgan rangdor va boy she`r yodimga tushdi. U she`r ila samoning yuzidagi yulduzlarga boqdim. «Koshki shoir bo’dsaydim, buni mukammallashtirsaydim», dedim. Holbuki she`r va nazmga iste`dodim bo’lmasa-da, boshlayverdim, biroq nazm va she`r qilolmadim, xotirimga qanday kelsa, shunday yozdim. Sen mening vorisimsan, istasang nazmga sol, tanzim et. Birdan xotirga kelgan mana budir:

 

Tingla-da yulduzlar(n)i, shu xutbai shirinini

Nomai nurini Hikmat, boq na taqrir aylamish.

Xo’p barobar nutqqa kirmish, haq tili birlan derlar:

«Bir Qodiyri Zuljalolning hashamatli saltanatida

Bittadan nurafshon dalillarmiz biz.

Sone`ning vujudiga, ham Vahdatga,

Ham Qudratga shohidlarmiz biz...

Shu zamin yuzigi jilo bergan,

Nozanin mo’`jizotni chun malak sayroniga.

Shu samoning Yerga boqqan, Jannatga diqqat qilgan

Minglab mudaqqiq ko’zlarimiz biz. (Izoh)

Tuboi xilqatdan samovot tarafiga

Butun Kahkashon navdalariga,

Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati ila,

Osilgan xo’p go’zal mevalarmiz biz.

Shu samovot ahliga, bittadan masjidi sayyor,

Bittadan xonai davvor, bittadan oliy oshiyon,

Bittadan munavvar chiroq, bittadan kemai jabbor,

Bittadan tayyoralarmiz biz.

Bir Qodiyri Zulkamolning, bir Hakiymi Zuljalolning

Bittadan mo’`jizai Qudrat, bittadan xoriqoi san`ati xoliqona,

Bittadan nodirai hikmat, bittadan dohiyai xilqat,

Bittadan nur olamimiz biz.

Аудио мавжуд эмас