Shul yuz ming til ila yuz ming hujjat ko’rsatamiz
Eshittiramiz inson bo’lgan insonga.
Ko’r bo’lgur dinsiz ko’zi ko’rmas bo’ldi yuzimizni,
Ham eshitmas so’zimizni, haq so’ylagan oyatlarmiz biz.
Tamg’amiz bir, muxrimiz bir, Rabbimizga musabbihmiz, zikr etamiz obidona.
Kahkashonning xalqai kubrosiga mansub bittadan majzublarmiz biz!»
--------------------
(Izoh): Ya`ni jannat chechaklarining ko’chatzori va ekinzori bo’lgan zaminning yuzida hadsiz qudrat mo’`jizasi namoyish qilinganidan, samovot olamidagi maloikalar u mo’`jizalarni va u ajoyibotlarni tamosha qilganlari kabi, samoviy jismlarning ko’zlari hukmida bo’lgan yulduzlar ham, go’yo maloikalar kabi, zamin yuzidagi nozanin masnuotni ko’rishlari bilan jannatga boqadilar va u vaqtinchalik ajoyibotlarni boqiy bir suratda jannatda ham tamosha qilayotgandek, bir zaminga, bir jannatga boqadilar, ya`ni u ikki olamga nazoratlari bor deganidir.
---------------------
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy.
* * *