mektubot | O’N BIRINCHI MAKTUB | 1
(1-3)

O’N BIRINCHI MAKTUB

 

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

 (Bu maktub muhim bir darmon bo’lib, to’rt oyatning xazinasidan to’rt kichik javhariga ishora qiladi.)

Aziz qardoshim!

Shu to’rt xilma xil masalani turli vaqtlarda Qur`oni Hakiym nafsimga dars bergan. Istagan qardoshlarim ham bundan bir dars va bir xissa olishlari uchun yozdim. Har bir bahsning mavzusiga ko’ra, boshqa-boshqa to’rt oyati karima haqiqatining xazinasidan bittadan kichik javhar va namuna o’laroq ko’rsatilgan. Shu to’rt bahsdan har bir bahsning o’zgacha bir surati, o’zgacha bir foydasi bor.

Birinchi Bahs: اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَعِيفًا

Ey sui vasvasadan ma`yus nafsim! Ketma-ket xayollar, faraziy xotiralar bir navi g’ayri ixtiyoriy tasavvurdir. Tasavvur esa, agar xayrli va nuroniy bo’lsa, haqiqiysining hukmi bir daraja suratiga va misoliga o’tadi. Quyoshning ziyosi va harorati oynadagi misoliga o’tgani kabi. Agar qabih va kasif narsalardan bo’lsa, aslining hukmi va xissasi uning suratiga o’tmaydi va oynadagi aksiga yuqmaydi. Masalan, najas va nopok bir narsaning oynadagi surati na najasdir, na nopokdir. Va ilonning aksi chaqmaydi.

Mana shu sirga binoan, kufrni tasavvur qilish kufr emas, shatmni xayol qilish shatm emas. Xususan beixtiyor kelsa va faraziy bir xotira bo’lsa, butunlay zararsizdir. Ham yana ahli haq bo’lmish Ahli Sunnat val-Jamoatning mazhabida bir narsaning shar`an chirkin, harom hisoblanishi, Alloh qaytargani sabablidir. Modomiki, beixtiyor va rizosiz kelgan faraziy bir xotira va ketma-ket xayollar ekan, Alloh qaytargan narsalarga taalluqli emasdir. U naqadar chirkin va iflos bir narsaning surati bo’lsa ham, chirkin va iflos bo’lmaydi.

Ikkinchi Masala: (Barla Yaylovi «Tepalig»ida yozilgan «Qarag’ay, qatron (kedr), qora terakning bir mevasi» bo’lib, So’zlar majmuasida yozilgani uchun bu yerda yozilmadi.)

Аудио мавжуд эмас