mektubot | O’N BIRINCHI MAKTUB | 3
(1-3)

To’rtinchi Masala: فِلاُمِّهِ السُّدُسُ

Xullas, «mim»siz madaniyat qizga haqqidan ortiq haq bergani tufayli unga nisbatan bunday bir nohaqlikka sabab bo’lgan bo’lsa, volidaning haqqini kesish bilan ham, unga nisbatan yanada dahshatli nohaqlik qiladi. Ha, rahmati Rabboniyaning eng hurmatli, eng halovatli, eng latif va eng shirin jilvasi bo’lmish volidalarning shafqati koinot haqiqatlari ichida eng muhtaram, eng mukarram bir haqiqatdir. Va volida eng sahiy, eng rahmli  shunday fidokor bir do’stdirki, ul shafqat tufayli bir volida butun dunyosini va hayotini va rohatini farzandi uchun fido etadi. Hatto volidalikning eng oddiy va eng quyi darajasida bo’lgan qo’rqoq tovuq, ul shafqatning kichkina bir shu`lasi ila, jo’jasini mudofaa (ximoya) etish uchun itga otiladi, arslonga tashlanadi.

Xullas, bunday muhtaram va muazzaz haqiqatga sohib bo’lgan bir volidani, o’z farzandining molidan mahrum qilmoq, u muhtaram haqiqatga nisbatan naqadar dahshatli bir nohaqlikdir. Ham qay daraja vahshatli bir hurmatsizlik, qay daraja jinoyatli bir haqorat va rahmat arshini titratgan bir kufroni ne`mat va bashariyat ijtimoiy hayotining g’oyat porloq va nafli bir darmoniga zaxar qo’shish ekanini insonparvarlikni da`vo qilgan inson yirtqichlari anglamasa, albatta haqiqiy insonlar anglaydi. Qur`oni Hakiymning فِلاُمِّهِ السُّدُسُ hukmini ayni haq va tom adolat ekanini biladilar.                                                       

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy.

Аудио мавжуд эмас