mektubot | O’N BIRINCHI MAKTUB | 2
(1-3)

Uchinchi Masala: Bu ikki masala Yigirma Beshinchi So’zning, Qur`onning mo’`jizasi qarshisida madaniyatning ojizligini ko’rsatgan misollaridan bir qismidir. Qur`onga muxolif bo’lgan madaniyat huquqlari naqadar haqsiz ekanini isbot etgan minglab misollaridan ikki misol: فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ اْلاُنْثَيَيْنِ bo’lgan Qur`oniy hukm tom adolat bo’lgani kabi, ayni marhamatdir.

Ha, adolatdir, chunki aksar hollarda, bir erkak bir xotin bilan turmush quradi; uni ta`minotni o’z zimmasiga oladi. Bir ayol esa, bironta erga tegib ketadi; ta`minotini unga yuklaydi; me`rosdagi nuqsonni to’ldiradi.

Ham yana marhamatdir. Chunki u zaifa qiz padaridan shafqat va aka-ukasidan marhamat ko’rishga juda muhtojdir. Hukmi Qur`onga ko’ra ish tutilsa, u qiz padaridan ginasiz shafqat ko’radi. Padari unga, «mening boyligimning yarmini boshqalarning va begonalarning qo’liga o’tishiga sababchi bo’ladigan zararli farzand», degan nazarda tashvish bilan qaramaydi. Ul shafqatga tashvish va g’azab aralashmaydi. Ham aka-ukasidan raqobatsiz va hasadsiz bir marhamat va himoya ko’radi. Akasi unga, «xonadonimizning yarmini o’pirib ketadigan va mol-mulkimizning katta bir qismini begonalarning qo’liga beradigan bir raqib» degan nazar bilan qaramaydi. Ul marhamatga va himoyaga bir kin (gina), bir g’ashlik aralashmaydi. Bunday holda, fitratan nozik, nozanin va xilqatan zaifa va nimjon bo’lgan u qiz, suratan oz bir narsa yo’qotadi, ammo uning o’rniga aqrabolarining shafqatidan, marhamatidan tuganmas bir sarvat qozonadi. Yo’qsa, rahmati Haqdan ziyoda marhamat qilamiz, deya unga haqqidan ortiq haq bermoq marhamat emas, balki ashaddiy bir zulmdir. Balki, johiliyat davrida vahshiyona qizg’anish natijasida qizlarini tiriklayin dafn etishgani singari g’addorona bir zulmni eslatadigan shu zamonning vahshiyona hirsi marhamatsiz yomonliklarga yo’l ochmoq ehtimoli bor. 

Buning kabi, Qur`onning barcha ahkomlari  وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلاَّ رَحْمَةً لِلْعَاَلمِينَ  farmonini tasdiqlaydilar.

Аудио мавжуд эмас