mektubot | O’N ETTINCHI MAKTUB | 1
(1-3)

O’n ettinchi Maktub

 

(Yigirma beshinchi lam`aning zayli)

 

Bola vafoti ta`ziyanomasi

بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Aziz qiyomatli do’stim Hofiz Xolid afandi!

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَبَشِّرِ الصّابِرِينَ  * اَلَّذِينَ اِذَا اَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا اِنَّا لِلّهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Qardoshim! Farzandingning vafoti meni iztirobga soldi. Biroq, اَلْحُكْمُ لِلّهِ "Alhukmu lilloh", qazoga rizo, taqdirga taslim Islomiyatning bir shioridir. Janobi Haq sizlarga sabri jamil ato etsin. Marhumni esa, siz uchun zaxirai oxirat va shafoatchi qilsin. Sizga va siz kabi taqvodor mo’minlarga buyuk bir xushxabar va haqiqiy bir tasalli beradigan "Besh Nuqta"ni bayon etamiz.

Birinchi Nuqta: Qur`oni Hakiymdagi  وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ning siri va ma`nosi shuki, mo’minlarning balog’atga yetmay vafot etgan farzandlari:

Ø     jannatda abadiy, sevimli va jannatga loyiq bir tarzda doimiy bola holida qolishini;

Ø     va jannatga kirgan padar va volidalarining quchoqlarida abadiy quvonchlariga sababchi bo’lib yurishini;

Ø     va farzandni suyish va uni erkalashdek eng latif bir zavqqa ota-onasini muyassar etishga sababchi bo’lishini;

Ø     va har bir lazzatli narsaning asli jannatda mavjudligini;

Ø     «Jannat nasl ko’paytiradigan joy bo’lmagani uchun u yerda farzandni suyish va erkalatish ham bo’lmaydi», deganlarning hukmlari haqiqat emasligini;

Ø     va dunyoda, o’n yillik qisqa bir vaqt ichida, alamu-iztirob aralash farzand suyish va erkalatish o’rniga, sof va alamsiz millionlab yil abadiy farzandni suyish va erkalatishga muyassar bo’lmoq, ahli iymonning eng katta baxti ekanini bu oyati karima وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ jumlasi ila ishora etadi va xushxabar beradi.

Аудио мавжуд эмас