mektubot | O’N ETTINCHI MAKTUB | 3
(1-3)

Uchinchi Nuqta: Vafot etgan bola Xoliqi Rahiymning maxluqi, mulki va bandasi, butun borlig’i ila Uning san`ati va unga oid bo’lib, ota-onasining bir do’sti ediki, vaqtinchalik ularning nazoratiga berilgan edi. Padar va volida unga xizmatkor qilingan edi. Ota-onaning u xizmatlariga javoban naqd bir ajr tarzida, ularga lazzatli bir shafqat ato etgan.

Endi, mingdan to’qqiz yuz to’qson to’qqiz hissa sohibi bo’lgan ul Xoliqi Rahiym rahmati va hikmatining taqozosiga ko’ra, u go’dakni sening qo’lingdan olsa; xizmatingga xotima bersa, yuzaki bir hissa ila haqiqiy ming hissa sohibiga qarshi shikoyatni eslatuvchi ma`yusona qayg’urmoq va faryod qilmoq, ahli iymonga yarashmaydi; balki ahli g’aflat va ahli zalolatga yarashadi.

To’rtinchi Nuqta: Agar dunyo abadiy bo’lsaydi, inson dunyoda abadiy qolsaydi, hamda firoq abadiy bo’lsaydi, achchiq iztirob va ma`yusona ezilishning bir ma`nosi bo’lardi.

Biroq, modomiki dunyo bir mehmonxona ekan; vafot etgan go’dak qaerga ketgan bo’lsa, siz ham biz ham u yerga boramiz. Hamda bu vafot faqatgina unga xos emas, balki umumiy bir yo’ldir... Va modomiki, firoq ham abadiy emas va kelajakda ham qabrda, ham Jannatda ko’rishilar ekan, اَلْحُكْمُ لِلّهِ deyish lozim. "O’zi berdi, o’zi oldi", "Alhamdulillohi ala kulli hol!" deb sabr ila shukr etmoq lozim.

Beshinchi Nuqta: Rahmati Ilohiyaning eng latif, eng go’zal, eng xush, eng shirin jilvalaridan bo’lmish shafqat nuroniy bir darmondir. Ishqdan ko’ra o’tkirdir. Tezda Janobi Haqning visoliga yerishtiradi. Xuddi ishqi majoziy va ishqi dunyoviy juda ko’p mushkulotlar bilan ishqi haqiqiyga aylanib, Janobi Haqni topganidek, shafqat ham – biroq mushkilotsiz yanada qisqa, yanada sof bir tarzda – qalbni Janobi Haqqa bog’laydi. Xoh ota, xoh ona bo’lsin, o’z farzandini butun dunyochalik sevadi. Farzandi qo’lidan olingan vaqt, agar baxtiyor va haqiqiy ahli iymondan bo’lsa, dunyodan yuzni o’girib, Mun`imi Haqiqiyni topadi. Deydiki: "Demak, dunyo foniy ekan, ko’ngil qo’yishga arzimaydi". Farzandi qayerga ketgan bo’lsa, o’sha yerga nisbatan qalbida bir aloqa paydo etadi. Buyuk ma`naviy bir holga noil bo’ladi.

Ahli g’aflat va ahli zalolat shu besh haqiqatdagi saodat va xushxabardan mahrumdirlar. Ularning holi naqadar alamli ekanini quyidagi misoldan qiyos qiling.

Bir keksa ayol juda ham yaxshi ko’rgan suyukli yolg’iz farzandini sakarotda (jon berar holida) ko’rib, dunyoda tavahhumi abadiyat hukmi ila g’aflat yoki zalolat natijasida, o’limni yo’qlik va abadiy firoq deb tasavvur qilganidan, yumshoq to’shagi o’rnida qabrning tuprog’ini o’ylab, g’aflat yoki zalolat tufayli, Arhamur-Rohimiynning jannati rahmatini, firdavsi ne`matini o’ylamaganidan, naqadar ma`yusona bir huzun va alam chekishini qiyoslab ko’rishing mumkin.

Biroq ikki dunyo saodatining sababchisi bo’lgan iymon va Islomiyat mo’minga deydiki: Shu sakarotda yotgan farzandingning Xoliqi Rahiymi uni bu chirkin dunyodan chiqarib, Jannatiga olib ketajak. Ham senga shafoatchi, ham abadiy bir farzand qilajak. Firoq vaqtinchadir, qayg’urma اَلْحُكْمُ لِلّهِ اِنَّا لِلّهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ de, sabr qil

 

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy.

Аудио мавжуд эмас