Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 12
(1-46)

Ya`ni, "Koshki yoshligim bir kun qaytsaydi, keksalik mening boshimga naqadar hazin hollar keltirganini unga shikva etib so’ylardim".

Ha, bu zotga o’xshab, yoshlikning mohiyatini bilmagan keksalar yoshliklarini o’ylab, hasratu-nadomatlarda yig’laydilar.. holbuki, yoshlik agar ahli qalb, ahli huzur va aqli joyida va qalbi o’rnida bo’lgan mo’`minlarda bo’lsa, ibodatga va xayrli ishlarga va uxroviy tijoratga sarf etilsa, eng quvvatli bir vasilai tijorat va go’zal va shirin bir vositai xayrotdir. hamda u yoshlik, vazifai diniyasini bilib, uni suiiste`mol etmaganlarga qiymatdor, zavqli bir ne`mati Ilohiyadir. Agar istiqomat, iffat, taqvo birga bo’lmasa, ko’p tahlikalar keltiradi. Toshqinliklari ila saodati abadiyasini va hayoti uxroviyasini zadalaydi. Balki dunyoviy hayotini ham barbod etadi. Balki bir-ikki yillik yoshlik zavqini deb keksayganida ko’p yillar g’am va qayg’u chekadi.

Modomiki aksar insonlarda yoshlik zararli o’tar ekan, biz keksalar Allohga shukr qilaylikki, yoshlik tahlikalaridan va zararlaridan qutuldik. Har narsa kabi, albatta, yoshlikning lazzatlari ham ketadi. Agar ibodatga va xayrga sarf etilgan bo’lsa, uning mevalari yoshlikning o’rnida boqiy qolib, abadiy hayotda bir yoshlik qozonishiga vasila bo’ladi.

So’ngra aksar insonlar oshiq va mubtalo bo’lgan dunyoga boqdim. Nuri Qur`on ila ko’rdimki, bir-biri ichra uch umumiy dunyo bor:

Biri: Ilohiy Ismlarga boqadi, ularning oynasidir.

Ikkinchi yuzi: Oxiratga boqadi, uning ziroatgohidir.

Uchinchi yuzi: Ahli dunyoga boqadi, ahli g’aflatning maishatgohidir.

Ham, har kimning bu dunyoda katta bir dunyosi bor. Xuddiki insonlar adadicha dunyolar bir-birining ichiga kirgan. Biroq har kimning xususiy dunyosining ustuni o’z hayotidir. Qachonki jismi sinsa, dunyosi boshiga yiqiladi, qiyomati qo’padi. Ahli g’aflat o’z dunyosining bu qadar tez yiqilishini bilmaganidan, umumiy dunyodek doimiy deb o’ylab, sig’inar darajada unga ko’ngil qo’yadi.

"Boshqalarning dunyosi kabi, tez yiqiladigan, buziladigan mening ham xususiy bir dunyoim bor. Bu xususiy dunyoimning, bu qisqagina umrim ila birga, nima foydasi bor?" deya o’yladim. Nuri Qur`on ila ko’rdimki:

Аудио мавжуд эмас