Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 13
(1-46)

Ham men uchun, ham har kim uchun bu dunyo vaqtincha bir tijoratgoh, har kuni to’lib-bo’shab turadigan bir musofirxona, kelib-ketuvchilarning oldi-sotdisi uchun yo’l ustida qurilgan bir bozor, Naqqoshi Azaliyning yangilanib turadigan, hikmat ila yozib-o’chirib turadigan bir daftari, har bahor bir zarrin maktubi, har yoz bir manzum qasidasi va u Sone`i Zuljalolning ismlarining jilvasi yangilayotgan, ko’rsatayotgan oynalari; oxiratning ekinzor bir bog’i va rahmati Ilohiyaning bir guldoni va olami baqoda ko’rsatiladigan lavhalarni hozirlashga xoslangan vaqtinchalik bir dastgohi mohiyatida ko’rdim. Bu dunyoni bu suratda yaratgan Xoliqi Zuljalolga shukr etdim. Va angladimki, nav`i insonga dunyoning oxiratga va Ilohiy Ismlarga qaraydigan go’zal ichki qiyofalarini sevish tuyqusi berilganiga  qaramay, u muhabbatni suiiste`mol etib, foniy, xunuk, zararli, g’aflatli yuziga nisbatan sarf etgani uchun حُبُّ الدُّنْيَا رَأْسُ كُلِّ خَطِئَةٍ hadisi sharifining siriga sazovor bo’lgan.

Xullas, ey otaxon va onaxonlar! Men Qur`oni hakiymning nuri ila va keksaligimning eslatmasi ila va iymon ham ko’zimni ochgani tufayli bu haqiqatni ko’rdim. Va ko’p risolalarda qat`iy dalillar ila isbot etdim. O’zimga haqiqiy bir tasalli va quvvatli bir rijo va porloq bir ziyo ko’rdim. Va keksaligimdan mamnun bo’ldim. Va yoshlik ketganidan masrur bo’ldim. Sizlar ham yig’lamangiz va shukr etingiz. Modomiki iymon bor va haqiqat bunday ekan, ahli g’aflat va ahli zalolat yig’lasin.

Аудио мавжуд эмас