Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 16
(1-46)

Xullas, modomiki keksalikdagi zaiflik va ojizlik, shu qadar rahmatning jalb bo’lishiga sababchi ekan;

va modomiki Qur`ni Hakiym,

اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَا اَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُلْ لَهُمَا اُفّ

ٍوَلاَ تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلاً كَرِيمًا *وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ

مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِى صَغِيرًا

oyati orqali, besh jihatla g’oyat mo’`jizona bir suratda keksa padar va volidaga nisbatan hurmatga va shafqatga farzandlarni da`vat etayotgan ekan;

va modomiki Islom dini, keksalarga hurmat va marhamat ko’rsatishni amr etayotgan ekan;

va modomiki inson fitrati (tabiati), keksalarga nisbatan hurmat va marhamatni taqozo qilayotgan ekan;

albatta biz keksalar, yoshlik ishtahasi bilan bo’ladigan vaqtinchalik bir moddiy zavq o’rniga, ma`naviy va doimiy va muhim inoyati Ilohiyadan va insonlarga achinishdan kelgan rahmat va hurmatdan paydo bo’lgan ruhiy zavqlarni olmoqdamiz. U holda biz bu keksaligimizni yuzta yoshlikka almashmasligimiz kerak. Ha, men shaxsan sizni ishontirib aytamanki, Eski Saidning o’n yillik yoshligini menga bersalar, men hozir yangi Saidning bir yillik keksaligiga almashmayman. Men keksaligimdan roziman, siz ham rozi bo’lmog’ingiz darkor.

O’NINCHI UMID.

Bir vaqtlar, asirlikdan qaytganimdan so’ng, Istambulda bir-ikki yil yana g’aflat g’olib keldi. Siyosat havosi nazarimni nafsimdan ko’tarib, atrofga sochib yuborgan holida, bir kun Istambulning Ayyub Sulton qabristonining daraga qaragan yuksak bir tepaligida o’tirgan edim. Istambul atrofidagi ufqqa boqdim. Birdan, qarasam, mening xususiy dunyoim vafot etayotgandek, ba`zi jihatda ruh chiqayotgandek bir xayoliy holatga tushdim. "Ajabo, menga bunday xayolni bergan bu qabristonning mozor toshlaridagi yozuvlarmikan,- deya nazar soldim. Uzoqqa emas, u qabristonga boqdim. Qalbimga eslatildiki: "Bu sening atrofingdagi qabristonda yuzta Istambul bor. Chunki, yuz marta Istambul bu yerga bo’shatilgan. Butun Istambulning xalqini bu yerga bo’shatgan bir Hakiymi Qodiyrning hukmidan qutulib mustasno qololmaysan, sen ham ketasan." Men qabristondan chiqib bu dahshatli xayol ila Sulton Ayyub jome-masjidining ichidagi kichik bir xonaga ko’p marta kirganim kabi, bu safar ham kirdim. Tushundimki, men uch jihatda musofirman. Bu kichik manzilda musofir bo’lganimdek, Istambulda ham musofirman, dunyoda ham musofirman. Musofir yo’lini o’ylashi kerak. Bamisoli bu xonadan chiqqanimdek, bir kun kelib Istambuldan ham chiqaman, boshqa bir kun, dunyodan ham chiqaman.

Аудио мавжуд эмас