Hay, nima bo’lsa ham... Men keksalik bergan shiddatli uyg’onish tufayli, eng avval o’zim bog’langan foniy narsalarning foniyligini ko’rdim. O’zimga ham boqdim, nihoyatda ojiz ko’rdim. U vaqt baqo istagan va boqiy deb o’ylab foniylarga mubtalo bo’lgan ruhim bor quvvati bilan dediki: "Modomiki jisman foniy ekanman, bu foniylardan menga nima foyda? Modomiki ojiz ekanman, bu ojizlardan nima kutish mumkin? Mening dardimga chora topish uchun bir Boqiyi Sarmadiy, bir Qodiyri Azaliy lozim,"— deya izlay boshladim.
O’sha vaqt, har narsadan avval, eskitdan beri tahsil qilgan ilmimga murojaat qilib, bir tasalli, bir najot izlay boshladim. Afsuski, o’sha vaqtgacha falsafa ilmlarini Islom ilmlari bilan birga zehnimga to’ldirib, u falsafa ilmlarini juda yanglish o’laroq, takomil va tanavvur ma`dani deb o’ylagandim. Holbuki, u falsafiy masalalar ruhimni juda kirlatib, ma`naviy taraqqiyotimga to’siq bo’lgandi. Birdan, Janobi Haqning rahmat va karami ila Qur`oni Hakiymdagi qudsiy hikmat madadga keldi. Ko’p risolalarda bayon etilgani kabi, u falsafiy masalalarning kirlarini yuvdi, tozaladi.
Azjumla, hikmat fanlaridan kelgan ruhiy zulmat tufayli ruhim koinotda bo’g’ilardi. Nur izlab qaysi tarafga qaramay, ul masalalarda nur topolmadim, nafas ololmadim. Toki Qur`oni Hakiymdan kelgan va "La ilaha illa Hu" jumlasi ila dars bergan tavhid g’oyat porloq bir nur o’laroq barcha zulmatlarni tarqatib yubordi va rohatlanib nafas oldim. Biroq nafs va shayton, ahli zalolat va ahli falsafadan olgan darslariga tayanib, aql va qalbga hujum qildilar. Bu hujumdagi nafs bilan munozara, Lillahil-Hamd, qalbning zafari bilan natijalandi. Ko’p risolalarda qisman u munozaralar yozilgan. Ular bilan kifoyalanib, bu yerda qalbning faqat mingtadan bitta zafarini kO’rsatish uchun minglab hujjatlaridan bayon etaman, toki yoshligida ajnabiy hikmat va madaniy fanlar nomi ostidagi qisman zalolat, qisman behuda masalalari ila ruhini kirlatgan, qalbini xasta qilgan, nafsini shishirgan bir qism keksalarning ruhida poklik o’rnatsin. Tavhid borasida shayton va nafsning sharridan qutilsin. Shundayki:
Falsafa ilmlari nomidan nafsim dediki: "Bu koinotdagi narsalarning tabiat bilan birga bu mavjudotlarning yaratilishida ishtiroklari bor. Har narsa bir sababga bog’liq. Mevani daraxtdan, urug’larni tuproqdan istamoq lozim. Eng juz`iy, eng kichik narsani ham Allohdan istamoq va Allohga yolvormoq nima degani?"
O’sha vaqt Qur`on nuri ila Tavhid siri shu kelajak suratda ochildi. Qalbim ul faylasuflashgan nafsimga dedi: