Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 22
(1-46)

Alhosil: Har narsaning nihoyatda ham san`atli, ham osonlikla yaratilgan vujudi ko’rsatadiki, muhit (har narsani qamrab olgan) bir ilm sohibi bo’lmish bir Qodiyri Azaliyning asaridir. Yo’qsa, yuz ming amri-mahollar ichra, vujudga kelish u yoqda tursin, balki imkon doirasidan chiqib, imtino (imkonsizlik) doirasiga kiradi va mumkin suratidan chiqib, mumtani (mumkin bo’lmagan) mohiyatga kiradi va hech bir narsa vujudga kelmaydi, balki vujudga kelishi ham amri-mahol bo’ladi. Ushbu g’oyat nozik va g’oyat quvvatli va g’oyat chuqur va g’oyat oshkor bir hujjat ila shaytonning vaqtinchalik bir shogirdi va ahli zalolat va ahli falsafaning bir vakili bo’lgan nafsimning ovozi o’chdi. Va lillahil-hamd, tom iymonga keldi. Va dediki:

Ha, menga shunday bir Xoliq va Rabb lozimki, qalbimning eng kichik xotirini va eng xufyona niyozimni bila oladigan;

va ruhimning eng yashirin ehtiyojini qondirgani kabi, menga abadiy saodatni bermoq uchun ulkan dunyoni oxiratga aylantira oladigan va bu dunyoni olib tashlab, o’rniga oxiratni qura oladigan;

ham chivinni yaratgani kabi, samovotni ham ijod qila oladigan;

ham quyoshni samoning yuziga bir ko’z o’laroq o’rnatib qo’ygani kabi, bir zarrani ham ko’z qorachig’imda o’rnashtira oladigan bir qudratga ega bo’lsin.

Yo’qsa, chivinni yaratolmagan, qalbim xotirini bilolmas, ruhimning niyozini eshitolmas. Samovotni yaratmagan menga abadiy saodatni berolmas. Shunday ekan, mening Rabbim Udirki, ham qalbim xotirini isloh etar, ham havo olamini bulutlar ila bir soat ichida to’ldirib bo’shatgani kabi, dunyoni oxiratga almashtirib, Jannatni qurib eshigini menga ochadi va "marhamat, kir" deydi.

Xullas, ey nafsim kabi badbaxtlik natijasida bir qism umrini nursiz falsafa va ajnabiy fanlarga sarf etgan keksa do’stlarim! Qur`onning tilidagi qayta-qayta "La ilaha illa hu" muqaddas farmonidan bu iymon rukni naqadar quvvatli va naqadar haqiqatli va hech bir jihatda tebranmas va zadalanmas va o’zgarmas va qudsiy bo’lgani uchun qanday qilib butun ma`naviy zulmatlarni tarqatishini va ma`naviy yaralarni davolashini anglangiz.

Bu uzun mojaroni keksaligimning umid eshiklari orasida joylashtirganim, aslida o’z ixtiyorim bilan bo’lmadi. Istamagandim, balki zeriktirar deya tortinayotgan edim. Biroq, menga shunday yozdirildi deyishim mumkin. Nima bo’lganda ham, asl mavzuga qaytaman.

Soch-soqolimdagi oq qillarning va bir vafodorning sadoqatsizligi natijasida ul dabdabali va zohiran lazzatli va ziynatli Istambulning dunyoviy hayotining zavqlariga nisbatan menda bir nafrat uyg’ondi. Nafs maftun bo’lgan zavqlar o’rniga ma`naviy zavqlarni izladi. G’aflat ahlining nazarida sovuq va og’ir va noxush ko’ringan bu keksalikda bir tasalli, bir nur istadi. "Falillahil-Hamd" Janobi Haqqa yuz minglab shukrlar bo’lsinki, butun u haqiqatsiz, bemaza, oqibatsiz dunyoviy zavqlar o’rniga, haqiqiy, doimiy va lazzatli iymon zavqlarini "La ilaha illa hu"da va tavhid nurida topganim kabi... G’aflat ahlining nazarida sovuq va og’ir ko’ringan keksalikni, ul tavhid nuri ila juda yengil va haroratli va nurli holda ko’rdim.

Ey muhtaram va muhtarama keksalar! Modomiki sizlarda iymon bor va modomiki iymonni nurlantirgan va o’stirgan namoz va niyoz bor ekan, keksaligingizga abadiy bir yoshlik nazari bilan qarashingiz mumkin. Chunki uningla abadiy yoshlikni qozona olasiz. Haqiqiy sovuq va og’ir va hunuk va zulmatli va alamli bo’lgan keksalik esa zalolat ahlining keksaligidir, hatto ularning yoshliklari ham shunday. Ular yig’lashi kerak, ular "vo afsus, vo hasrat!" deyishi kerak.. Sizlar esa, ey muhtaram iymonli keksalar, "Alhamdulillohi ala kulli hol" deya, masrurona shukr qilmog’ingiz kerak!

Аудио мавжуд эмас