Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 24
(1-46)

Ha, insoniylik e`tibori ila, bunday zoyelik men kabi insonlarni cho’g’dek kuydiradi. Garchi ko’rinishda chidashga urinayotgan bo’lsam-da, biroq ruhimda shiddatli bo’ron bor edi. Agar ora-sira Qur`onning nuridan kelgan tasalli taskin bermasa edi, mening bardosh berishim mumkin bo’lmasdi. O’sha vaqt Barla daralariga, tog’lariga yolg’iz borib kezib yurardim. Xoli yerlarda o’tirib u qayg’uli taassurot ichra o’tgan paytlarimdagi Abdurahmon kabi sodiq do’stlarim bilan kechirgan baxtli hayot lavhalari kino singari xayolimdan o’tgan sari, keksalik va g’urbatning bergan ta`sirchanlik holati, bardoshimni sindirar edi.

Birdan, كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ oyati qudsiyasining siri ochildi. Menga "Yo Boqiy Antal-Boqiy, Yo Boqiy Antal-Boqiy" dedirdi va uningla haqiqiy tasalli berdi.

Ha, men o’sha xoli darada, ul hazin holatda, bu oyati qudsiyaning siriga ko’ra, "Mirqatus-Sunna" risolasida ishora qilinganidek, o’zimni uch buyuk janoza ustida ko’rdim:

Biri, ellik besh yoshimga qadar ellik besh marta o’lgan va hayoti-umrim ichra dafn etilgan Saidlarning qabri ustida, o’zimni bir mozor toshi o’laroq ko’rdim.

Ikkinchi janoza, Odam (A.S.) zamonidan beri kelgan mening hamjinslarim va navim vafot etib moziy qabrida dafn etilgan ul buyuk janozaning ustida, uning mozor toshi bo’lmish bu asrning yuzida yurgan, chumoli kabi kichik bir hashorat suratida o’zimni ko’rdim.

Uchinchi janoza esa insonlar kabi, har yili dunyo yuzida sayyor bir dunyoning vafot etishiga binoan va bu oyatning siriga ko’ra, bu ulkan dunyo ham vafot etishi xayolim oldida mujassam bo’ldi.

Xullas, Abdurahmonning vafotidagi qayg’udan kelgan bu dahshatli ma`noni butunlay oydinlatuvchi va haqiqiy tasalli va so’nmas nur beruvchi quyidagi oyati karima, ishoriy ma`nosi bilan madadga keldi.

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ

Ha, bu oyat bildirdiki: Modomiki Janobi Haq bor, U har narsaga badal. Modomiki U boqiy, albatta Uning O’zi kifoya. Inoyatining birgina jilvasi butun dunyoning o’rnini bosadi. Va nurining bir jilvasi mazkur uch janozaga ma`naviy hayot berib, ular janozalar emasligini, balki vazifalarini bitirgan va boshqa olamlarga ketganlarini ko’rsatadi. Uchinchi Yog’duda bu sir izohlanganidan, u bilan kifoyalanib bu yerda yolg’iz shuni aytamanki

 كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ (ila oxir) oyatining mazmunini ko’rsatgan, ikki karra "Yo Boqiy Antal-Boqiy! Yo Boqiy Antal-Boqiy!", meni g’oyat alamli ul hazin holatdan qutqardi. Shundayki:

Аудио мавжуд эмас