Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 25
(1-46)

BIRINCHI karra, "Yo Boqiy Antal-Boqiy!" dedim. Dunyo va dunyodagi Abdurahmon kabi, men bog’langan hadsiz do’stu-yorlarning zavol topishidan va aloqalarining uzilishidan kelib chiqqan hadsiz ma`naviy yaralar ustida qilingan jarrohlik amaliyoti navidan bo’lib, shifo bera boshladi.

Ikkinchi karra, "Yo Boqiy Antal-Boqiy!" jumlasi barcha ul ma`naviy yaralarga ham malham, ham darmon bo’ldi. Ya`ni: "Sen boqiysan. Ketgan ketsin, Sen yetarlisan. Modomiki Sen boqiysan, zavol topuvchi har narsaga badal rahmatingning bir jilvasi kifoya. Modomiki Sen borsan, Sening borligingga iymon ila bog’liqligini bilgan va Islomiyat siriga ko’ra, ul bog’liqlikka binoan harakat qilgan inson uchun har narsa bor. Fano va zavol, o’lim va yo’qlik bir pardadir, bir yangilanishdir. Boshqa-boshqa manzillarda kezmoq hukmidadir,"— deya anglab, tamoman ul kuydiruvchi, ayiruvchi, hazin, alamli, qorong’i, dahshatli ruhiy holat, tamoman sevinchli, sururli, lazzatli, nurli, sevimli, do’stona bir holatga aylandi. Tilim va qalbim, balki o’z holatlari bilan vujudimning barcha zarralari "Alhamdulilloh" dedilar.

Xullas, ul rahmat jilvasining mingdan bir qismi shudirki:

Men o’sha qayg’ugohim bo’lmish daradan va qayg’uli holatdan Barlaga qaytdim. Qarasam, Kulaonli Mustafo ismli bir yosh yigit mendan ilmi holga oid, tahorat va namozga doir bir necha masalani so’rmoq uchun kelgan ekan. U vaqtlar musofirlarni qabul qilmaganim holda, uning ruhidagi ixlos va kelajakda Risolai Nurga qiladigan qiymatdor xizmatiniIzoh-1 go’yo oldindan sezuvchi his ila ruhim ul yigitning ruhida o’qidi. Uni iziga qaytarib yubormadim, qabul qildim.Izoh-2



Izoh-1 O’sha Mustafoning ukasi Kichik Ali o’zining go’zal, sog’lom qalami bilan yetti yuzdan ziyod Nur Risolalarini yozish bilan, tamoman Abdurahmonning o’zginasi bo’lganidek, ko’plab Abdurahmonlarni ham yetishtirdi.

Izoh-2 Haqiqatda, u faqat qabul qilishga emas, balki olqishga (Izoh) loyiq ekanini ko’rsatdi.

 

(Izoh): Risolai Nurning BIRINCHI shogirdi Mustafoning olqishga loyiqligiga doir Ustozimning hukmini tasdiqlagan bir hodisa:

Qurbon bayramining arafasidan bir kun avval Ustozim safarga chiqmoqchi edi. Meni ot keltirish uchun jo’natgan vaqt, Ustozimga dedim: "Siz pastga tushmang, men eshikni orqasidan berkitib omborxona tarafidan chiqaman." Ustozim: "Yo’q, sen eshikdan chiq,"— deya pastga tushdi. Men eshikdan chiqqandan so’ng, u eshikni orqasidan zanjirladi. Men ketdim, o’zi ham tepaga chiqib ketdi. So’ngra kirib yotgan. Bir ozdan so’ng Kulaonli Mustafo, Hoji Usmon bilan birga kelganlar.  Ustozim hech kimni qabul qilmayotgan edi va qilmoqchi ham emasdi. Ayniqsa o’sha vaqt ikki odamni baravariga yoniga qo’ymas, orqasiga qaytarar edi. Holbuki bu yerda bahs qilinayotgan do’stimiz Kulaonli Mustafo Hoji Usmon bilan kelganda, eshik go’yo o’z holati bilan unga: "Ustozing seni qabul qilmaydi, lekin men senga ochilaman,"— deya orqasidan zanjirlangan eshik o’zidan o’zi Mustafoga ochilgan. Demak Ustozimning u Haqida, "Mustafo olqishga loyiqdir" deb aytgan so’zining haqligini kelajak ko’rsatganidek, eshik ham bunga guvohlik bergan.

Husrav.

Ha, Husravning yozgani to’g’ri, tasdiqlayman. Eshik bu muborak Mustafoni mening o’rnimga ham olqishladi, hamda qabul qildi.

Said Nursiy.

Аудио мавжуд эмас