Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 21
(1-46)

Agar barcha narsalar baravariga ul Qodiyri Azaliyga va Oliymi Kulli Shay (har narsani bilguvchi Alloh)ga berilmasa, u vaqt chivindek eng kichik bir narsaning vujudga kelishi ul vujudni dunyodagi aksariyat moddalardan maxsus bir o’lchov ila to’plamoq lozim bo’lishi bilan birga, o’sha kichkinagina chivinning vujudida harakat qilayotgan zarralar o’sha chivinning yaratilish sirini va san`atining kamolotini barcha nozik sirlarigacha bilganidan keyingina bo’lishi mumkin. Chunki tabiiy sabablar bilan moddiy sabablar, shubhasiz va barcha aql egalarining ittifoqiga ko’ra, yo’qdan bor qilolmaydi. Shunday ekan, har holda, agar ular ijod qilsa, albatta to’playdilar. Modomiki to’plar ekan, qaysi jonzot bo’lmasin, ichida aksariyat modda va navlardan namunalar bo’lib, bamisoli koinotning bir xulosasi, bir danagi hukmida bo’lgani uchun, albatta, u holda bir danakni butun boshli bir daraxtdan, bir jonzotni butun ro’yi zamindan nozik bir elak ila yelab va eng aniq bir o’lchov ila o’lchab to’plamoq lozim bo’ladi. Va modomiki tabiiy sabablar johil, jonsiz ekan, bir ilmi yo’qki bir reja, bir mundarija, bir model, bir programmani tanlasa, kelgan zarralarni unga ko’ra ma`naviy qolipga eritib to’ksa, toki tarqalib ketmasin, intizomini buzmasin. Holbuki, har narsaning shakli, hay`ati hadsiz tarzlarda bo’lishi mumkinligi uchun, haddu hisobi yo’q hadsiz shakllar va miqdorlar ichidan birgina shakl va miqdorda, sel kabi oquvchan unsur (modda)larning zarralari tarqalib ketmay, muntazam ravishda, miqdorsiz, qolipsiz, bir-biri ustida bir to’plam holida saqlanib turishi va jonzotga muntazam ravishda bir vujud berishi qanchalik aqldan uzoqligi ko’rinadi. Albatta kimning qalbi ko’r bo’lmasa ko’radi. Ha, bu haqiqatga binoan

 اِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللّهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ bu oyati azimaning siriga ko’ra,(Izoh) barcha moddiy sabablar to’plansa, ularda ixtiyor ham bo’lsa, bitta chivinning vujudini va vujudning a`zolarini maxsus mezon yordamida to’play olmaslar. To’plasalar ham, u vujudning muayyan miqdorida qoldirolmaslar. Qoldirsalar ham, doimo yangilanib turgan va ul vujudga kirib ishlayotgan zarralarni muntazam ravishda ishlattirolmaslar. Shunday ekan, aniqki, sabablar bu narsalarga sohib chiqolmaslar. Demak, haqiqiy sohiblari boshqa.

Ha, shunday bir haqiqiy sohiblari borki, مَا خَلْقُكُمْ وَلاَ بَعْثُكُمْ اِلاَّ كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ oyatining siriga ko’ra, butun yer yuzidagi jonzotlarni, bir chivinni tiriltirgandek osonlik bilan tiriltiradi. Bir bahorni, bir chechakni yaratgandek, oson yaratadi. Chunki, birma-bir to’plashga muhtoj emas. "Kun fayakun" amriga molik bo’lganidan; va har bahorda hadsiz bahorgi mavjudotlarning unsur moddalaridan tashqari hadsiz sifatlari va holatlari va shakllarini yo’qdan bor qilganidan; va ilmida har narsaning rejasi, modeli, mundarijasi va dasturi tayin qilib qo’yilganidan; va barcha zarralar uning ilm va qudrati doirasida harakat qilganidan, har narsani gugurt chaqqandek osonlik bilan ijod qiladi va bu ish jarayonida hech bir narsa zarracha harakatidan adashib ketmaydi. Sayyoralar Uning itoatli lashkari bo’lganidek, zarralar ham intizomli lashkar hukmiga o’tadi. Modomiki, ul Azaliy Qudratga suyanib harakat qilar ekanlar va ul Azaliy Ilmning dasturi ila ishlar ekanlar, demak ul asarlar, ul qudratga ko’ra vujudga keladi. Yo’qsa kichik, ahamiyatsiz mohiyatlariga nazarni qaratish bilan, ul asarlar kichrayib ketmaydi. Ul qudratga bog’lanish tufayli bir pashsha Namrudni harom o’ldiradi. Chumoli Fir`avnning saroyini xarob qiladi. Zarradek kichik bir archa urug’i, tog’dek ulkan bir archa daraxtining yukini yelkasida ko’tarib turadi. Bu haqiqatni ko’p risolalarda isbot etganimiz kabi, bamisoli bir askar, askarlik imtiyozi bilan podshohga bog’liqligi nuqtasida, o’z quvvatidan yuz ming barobar ko’proq, bir shohni asir qilishdek ishlarga sazovor bo’ladi. Xuddi shuningdek, har narsa, ul Qudrati Azaliyaga bog’lanish bilan, tabiiy sabablardan yuz ming barobar ustun bo’lgan san`at mo’`jizalariga sazovor bo’la oladi.



(Izoh) Ya`ni, "Allohdan boshqa barcha chaqirgan va ibodat qilgan narsalaringiz to’plansalar, bir chivinni yaratolmaslar."

Аудио мавжуд эмас