Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 20
(1-46)

Eng juz`iy va eng kichik narsa eng ulkan narsadek, to’g’ridan to’g’ri butun bu koinot Xoliqining qudratidan keladi va xazinasidan chiqadi. Boshqa suratda bo’lolmaydi. Sabablar esa bir pardadir. Chunki eng ahamiyatsiz va biz eng kichik deb hisoblagan maxluqlar ba`zan san`at va yaratilish jihatida eng kattasidan ko’ra kattaroq bo’ladi. Chivin tovuqdan san`at jihatida o’tib ketmasa-da, orqada ham qolmaydi. Shunday ekan, kattayu-kichikning farqi yo’q. Yo barchasi moddiy sabablarga taqsimlab beriladi va yohud baravariga yagona Zotga beriladi. BIRINCHI qism amri-mahol bo’lganidek, ikkinchisi vojibdir, zaruriydir. Chunki birgina Zotga, ya`ni Qodiyri Azaliyga berilsa;

modomiki, barcha mavjudotning intizomi va hikmatlari orqali mavjudligi qat`iy bilingan ilmi, har narsani qamrab olgan ekan;

va modomiki, ilmida har narsaning miqdori tayin qilingan ekan;

va modomiki, ko’rinib turganidek, har vaqt yo’qdan nihoyatda osonlik bilan benihoya san`atli asarlar vujudga kelayotgan ekan;

va modomiki, ul Qodiyri Oliymning bir gugurt chaqqan kabi, "Kun fayakun" amri ila nima bo’lsa ham ijod eta olishini hadsiz quvvatli dalillar ila ko’p risolalarda bayon etilganiga va xususan "Yigirmanchi Maktub" va "Yigirma uchinchi Yog’du"ning oxirida isbotlanganiga binoan, hadsiz bir qudrati bor ekan;

albatta ko’rinib turganidek, vujudga kelishda ajib bir osonlik va qulaylik ul ilmning keng qamrovidan va qudratning azamatidan  kelib chiqadi.

Masalan, ko’zga ko’rinmas bir siyoh bilan yozilgan bir kitobga o’sha yozuvni ko’rsatadigan maxsus bir dori surtilsa, ul katta kitob birdan har bir ko’zga o’zining mavjudligini ko’rsatib, o’zini o’qittiradi. Aynan shuningdek, ul Qodiyri Azaliyning muhit ilmida, har narsaning maxsus suratlari muayyan miqdor ila tayin qilinadi. Ul Qodiyri Mutlaq "Kun fayakun" amri bilan, ul hadsiz qudrati va nufuzli irodasi bilan, mazkur yozuvga surtilgan dori kabi, g’oyat qulaylik va osonlik bilan qudratining bir jilvasi bo’lgan quvvatini o’sha ilmiy mohiyatga surtadi, ul narsa orqali tashqi vujud beradi. Ko’zga ko’rsatadi, hikmatining naqshlarini o’qittiradi.

Аудио мавжуд эмас