Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 14
(1-46)

TO’QQIZINCHI UMID.

BIRINCHI Jahon urushida, asir tushib, Rusiyaning shimoliy sharqida, juda uzoq bo’lgan Kostroma viloyatiga yuborilgandim. U yerda mashhur Volga daryosining bo’yida tatarlarning kichik bir masjidi bo’lardi. U yerdagi do’stlarim bo’lmish asir zobitlar ichida siqilardim. Yolg’iz qolishni istadim. Tashqarida iznsiz kezolmasdim. Tatar mahallasi meni kafolatiga olib, Volga daryosining bo’yidagi kichik masjidga o’tkizdilar. Masjidda yolg’iz yotardim. Bahor yaqinlashgan edi U shimol qit`asining uzun kechalarini bedor o’tkazardim. U qorong’u kechalarda va zulmatli g’urbatda Volga daryosining hazin shovullashi va yomg’irning o’kinchli shivirlashi va shamolning firoqli esishi, meni chuqur g’aflat uyqusidan vaqtincha uyg’otdi. Garchi o’zimni unchalik keksa deb bilmasamda, biroq Jahon urushini ko’rgan keksadir. Go’yo يَوْمًا يَجْعَلُ الْوِلْدَانَ شِيبًا siriga sazovor bo’lib, shunday kunlar ediki, yosh bolalarni qaritib yuborardi. Shu jihatda, qirq yoshda bo’la turib, o’zimni sakson yoshlik bir vaziyatda ko’rdim. U qorong’i, uzun kecha va hazin g’urbat va hazin vaziyat ichra hayotdan va vatandan noumid bo’ldim. Ojizligimni, yolg’izligimni ko’rib umidim uzildi. O’sha vaziyatimda Qur`oni Hakiymdan madad keldi, tilim حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ dedi. Qalbim ham yig’lab dedi:

غَرِيبَمْ بِى كَسَمْ ضَعِيفَمْ نَاتُوَانَمْ َاْلاَمَانْ  ُويَمْ

عَفُو جُويَمْ مَدَدْ خَواهَمْ زِدَرْ َاهَتْ اِلهِى

Ruhim ham, vatanimdagi eski do’stlarni o’ylab, u g’urbatda vafot etishimni xayol qilib, Niyoziy Misriy kabi:

 

Dunyo gamidan kechib, yoqlikka qanot ochib,

Shavq ila har dam uchib, chaqiraman: do’st, do’st!

 

deya do’stlarimni izlardi. Ha, mayli... o’sha qayg’uli, o’kinchli, firoqli, uzun g’urbat kechasida, dargohi Ilohiyda zaifligim va ojizligim shunday ulkan bir shafoatchi va vasila bo’ldiki, hozirgacha hayratlanaman. Chunki bir necha kundan so’ng, g’oyat kutilmagan bir suratda, yayov yurilsa bir yillik masofani bosib, yolg’iz va ruscha bilmaganim holda asirlikdan qochdim. Zaifligim va ojizligimga binoan kelgan inoyati Ilohiya ila g’aroyib tarzda qutildim. To Varshava va Avstriya orqali Istambulga keldim. Bu tarzda osonlikcha qutilish juda ajoyib bo’lgandi. Ruschani bilgan jasur va eng ayyor odamlar muvaffaq bo’lolmagan ul uzun qochoq sayohatini, juda oson va juda qulaylik bilan bitirdim.

Аудио мавжуд эмас