Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 15
(1-46)

Ammo u Volga daryosi bo’yidagi masjidda o’tkazgan mazkur vaziyatdagi kechadan so’ng, qolgan umrimni g‘orlarda kechiraman degan qarorga kelgandim. Insonlarning bu ijtimoiy hayotiga aralashmoq endi yetar. Modomiki oxir-oqibatda qabrga yolg’iz kirar ekanman, yolg’izlikka o’rganish uchun hozirdan yolg’izlikni ixtiyor qilaman, degandim.

Biroq, Istambuldagi jiddiy va ko’p do’stu yorlar va Istambulning dabdabali dunyo hayoti, xususan menga qaratilgan haddimdan ortiq shon-sharaf kabi natijasiz narsalar, u qarorimni vaqtinchalik unuttirdi. Go’yo u g’urbat kechasi, hayotim ko’zidagi nurli qorachiqqa o’xshardi. Va Istambulning oppoq, dabdabali kunduzi, hayotim ko’zining nursiz oq qismi ediki, kelajakni ko’rolmadi, yana yotdi. To ikki yil so’ngra G’avsi Giyloniy "Futuhul-g’ayb" kitobi bilan takror ko’zimni ochirdi.

Xullas ey keksa otaxonu onaxonlar! Bilingizki, keksalikdagi zaiflik va ojizlik Allohning rahmat va inoyatini jalb qilinishiga sababdir. Men o’zimda ko’p hodisalar orqali guvohi bo’lganmanki, zamin yuzidagi rahmatning jilvasi ham, g’oyat yaqqol bir tarzda bu haqiqatni ko’rsatadi. Chunki, hayvonotning eng ojiz va eng zaifi, bolalardir. Holbuki, rahmatning eng shirin va eng go’zal jilvasiga sazovor bo’lganlar, yana ulardir. Bir daraxt uchidagi uyada o’tirgan bir qush bolasining ojizligi tufayli, rahmat jilvasi onasini eng itoatli askar kabi unga xizmat qildiradi. Atrofni kezadi, rizqini keltiradi. Qay vaqt, u qush bolasining qanotlari kuchga kirib ojizligini unutsa, volidasi unga: "Endi borib rizqingni o’zing izla," deydi. Qaytib uni tinglamaydi.

Ushbu rahmat siri bolalarda jarayon etgani kabi, zaiflik va ojizlikda bolalardek bo’lib qolgan keksalar uchun ham joriydir. Menga qat`iy qanoat beradigan darajada ko’p tajribalar bordirki, chaqaloqlarning ojizliklariga binoan, rahmat tarafidan, rizqlari ajoyib tarzda onalar ko’kraklaridan qandayin jo’natilayotgan va oqizilayotgan bo’lsa, xuddi shuningdek, beozor bo’lib qolgan iymonli keksalarning rizqlari ham, barakot suratida jo’natiladi. Ham yana, bir xonadonning barakot ustuni — ul xonadondagi keksalar ekani; ham xonadonni balolardan muhofaza qiluvchi — ichidagi beli bukilgan ma`sum keksalar ekani,(Izoh) hadisi sharifning bir parchasi bo’lmish لَوْلاَ الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلاَءُ صَبًّا وَ Ya`ni: "Beli bukilgan keksalaringiz bo’lmaganda edi, balolar sel kabi ustingizga yog’ilardi"- deya marhamat qilish bilan, mazkur haqiqatni isbotlaydi.



(Izoh) Hadisning qolgan qismi وَلَوْلاَ الْبَهَائِمُ الرُّتَّعُ وَالصُّبْيَانُ الرُّضَّعُ va oxirigacha (av kamo qol).

Аудио мавжуд эмас