Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 9
(1-46)

Ham yana iymon, oldimda ko’zini  ochib, menga qarab turgan qabrni va qabrning u yog’ida abadiyatga qarab ketgan katta yo’lni, nuri Qur`on ila ko’rsatdiki, u qabr quduq eshigi emas, balki nur olamining eshigidir. Va u yo’l yo’qlikka yo adamistonga emas, balki vujudga, nuristonga va abadiy saodatga ketgan yo’l ekani, to’liq qanoat beradigan darajada ko’rsatildi, dardlarimga ham darmon, ham malham bo’ldi.

Ham yana iymon, bor-yo’g’i kichik bir kasbga ega u kichik juzi ixtiyoriy o’rniga, hadsiz dushman va zulmatlarga qarshi, tengi yo’q bir qudratga tayanmoq va hadsiz bir rahmatga bog’lanmoq uchun u juzi ixtiyoriyning qo’liga bir yo’llanma beradi. Balki u iymonning o’zi, ul juzi ixtiyoriyning qo’lida bir yo’llanma bo’ladi. Ham, u juzi ixtiyor deyilgan inson quroli, garchi o’z mohiyatida ham qisqa, ham ojiz, ham nuqsonli bo’lsada, ammo xuddi bir askar oz bir quvvatini davlat nomidan iste`mol etsa, o’zining quvvatidan minglab daraja ortiq ishlar qila olganidek, u kichik juzi ixtiyoriy ham iymon ila Janobi Haq nomidan, uning yo’lida iste`mol etilsa, besh yuz yillik masofa kengligidagi bir Jannatni qozonishi mumkin.

Ham yana iymon, o’tmish va kelajak zamonga so’zi o’tmaydigan u juzi ixtiyoriyning tizginini jismning qo’lidan olib, qalb va ruhga taslim etadi. Ruh va qalbning hayot doirasi esa, jism kabi, hozirgi zamongagina xos bo’lmaganidan, o’tmishdan juda ko’p yillar va kelajakdan ham juda ko’p yillar uning hayot doirasiga doxil bo’lganidan, u juzi ixtiyoriy kichiklikdan chiqib, umumiyat kasb etadi. O’tgan zamonning eng chuqur daralariga iymon kuchi ila kira olgani va qayg’ularning zulmatlarini daf etolgani kabi, nuri iymon ila kelajakning ham eng baland tog’lariga qadar chiqadi, qo’rquvlarni ketkazadi.

Xullas, ey men kabi keksalik zahmatini chekayotgan qariyalar va keksa hamshiralar! Modomiki, alhamdulilloh, biz ahli iymonmiz va modomiki iymonda bu qadar nurli, lazzatli, sevimli, shirin xazinalar bor va modomiki keksaligimiz bizni bu xazinaga yanada ziyoda chorlamoqda ekan, albatta iymonli keksalikdan shikoyat emas, balki minglab tashakkur etmog’imiz kerak.

Аудио мавжуд эмас