mektubot | UCHINCHI MAKTUB | 1
(1-4)

*  *  *

 

UCHINCHI MAKTUB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

 (Ul ma`lum talabasiga yuborilgan maktubning bir parchasidir)

Beshinchidan: Bir maktubda, bu yerda kechirgan hissiyotimdan xissador bo’lish orzusida ekaningni yozganding. Mana shuni mingdan birini eshit.

Bir kecha, yuz tabaqa balandlikda, bir qatron (kedr) daraxtining ustidagi chaylada samoning yulduzlarla porlagan go’zal yuziga boqdim; Qur`oni Hakiymning فَلاَ اُقْسِمُ بِاْلخُنَّسِ َاْلجَوَارِ الْكُنَّسِ qasamida yuksak bir nuri i`joz va porloq bir sirri balog’at ko’rdim. Ha, sayyor yulduzlarga va ularning yashirin va oshkor suratda bo’lishlariga ishora qilgan shu oyat, g’oyat oliy bir naqshi san`at va oliy bir lavhi ibrat manzarasini tomoshabin nazariga ko’rsatadi. Ha, shu sayyoralar o’z qo’mondonlari bo’lmish quyoshning doirasidan chiqadilar, sobit yulduzlar doirasiga kirib, samoda yangi-yangi naqshlarni va san`atlarni ko’rsatadilar. Ba`zan o’zlari kabi porloq yulduz bilan yelkama-yelka turib, go’zal bir vaziyat ko’rsatadilar. Ba`zan esa kichik yulduzlar orasiga kirib, bir qo’mondon suratini oladilar. Ayniqsa bu mavsumda, oqshomdan so’ngra, ufqda Zuhro yulduzi va sahardan avval uning boshqa porloq bir qardoshi g’oyat shirin va go’zal bir vaziyat ko’rsatmoqda. So’ngra, taftish vazifasini va san`at naqshini to’qishda mokkilik xizmatini bajarganlaridan so’ng, yana qaytib sultonlari bo’lgan Quyoshning dabdabali doirasiga kirib yashirinadilar.

Mana shu «Xunnas, Kunnas» deb ataluvchi sayyoralar bilan shu zaminimizni koinot fazosida bittadan kema, bittadan tayyora suratida kamoli intizom ila aylantirgan va sayru sayohat ettirgan Zotning rububiyatining hashamatini va uluhiyat saltanatining dabdabasini quyosh kabi porloqliklari bilan ko’rsatadilar. Boq bu saltanatning hashamatigaki, kemalari va tayyoralari ichida shundaylari borki, yerdan ming barobar kattalikdadir va bir soniyada sakkiz soatlik masofani bosib o’tadigan sur`atdadir.

Xullas, bunday bir Sultonga ibodat va iymon bilan bog’lanmoq va shu dunyoda uning mehmoni bo’lmoq naqadar oliy bir saodat, nechog’liq buyuk bir sharaf ekanini qiyos qil.

Аудио мавжуд эмас