mektubot | UCHINCHI MAKTUB | 4
(1-4)

Koinotdagi mana shu raqs va davaron, sayru javalon va tamoshai tasbehfashon hamda to’rt fasl va kecha-kunduzdagi sayaron, agar vahdatga berilsa, birgina zot bir amr bilan bittagina kurrani harakatlantirish ila, mavsumlarning o’zgarishidagi san`at ajoyibotini va kecha-kunduzning aylanishidagi hikmat g’aroyibotini hamda yulduzlarning va Quyosh va Oyning suriy harakatlarida shirin tamosha lavhalarini ko’rsatish kabi, ul oliy vaziyatlarni va qiymatli natijalarni hosil qiladi. Chunki butun mavjudot armiyasi Unikidir. Istasa, Rer kabi bir askarni butun yulduzlarga qo’mondon qilib tayinlaydi; ulkan Quyoshni uning aholisiga isituvchi va yorituvchi bir lampa; va Qudrat naqshlarining lavhalari bo’lgan to’rt faslni esa bir mokki; hikmat bitiklarining sahifalari bo’lgan kecha-kunduzni esa bir yoy qiladi. Har bir kuni uchun, o’zgacha bir shakl bilan Oyni ko’rsatib, vaqt hisobi uchun taqvimchilik qildiradi. Va yulduzlarga esa, raqs taraddudida bo’lgan va jazbasidan raqsga tushib ketgan maloikalarning qo’llaridagi ko’rkam va shirin, porloq, nozanin chiroqlar suratini berish kabi, Yerga oid ko’p hikmatlarini ko’rsatadi. Agar bu vaziyatlar, butun mavjudotga hukmi va nizomi va qonuni va tadbiri qaratilgan bir Zotdan istanilmasa, u vaqt barcha quyoshlar, yulduzlar haqiqiy harakat ila va hadsiz bir sur`at ila hadsiz bir masofani har kun bosib o’tishlari lozim bo’ladi.

Xullas vahdatda benihoya osonlik va kasratda benihoya mushkullik bor bo’lganidandirki, ahli san`at va ahli tijorat kasratga bir vahdat shaklini beradi, to osonlik va qulaylik bo’lsin, ya`ni shirkatlar tashkil etadilar.

Alhosil: Zalolat yo’lida benihoya mushkullik bor, hidoyat va vahdat yo’lida benihoya osonlik bor.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursi.

*  *  *

Аудио мавжуд эмас