mektubot | TO’QQIZINCHI MAKTUB | 1
(1-4)

* * *

 

TO’QQIZINCHI MAKTUB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

 (Yana o’sha xolis talabasiga yuborgan maktubning bir parchasidir.)

Ikkinchidan: Qur`on nurlarini yoyishdagi muvaffaqiyating va g’ayrating va shavqing bir ikromi Ilohiydir, balki bir karomati Qur`oniya, bir inoyati Rabboniyadir. Sizni tabriklayman. Karomat va ikrom va inoyatning bahsi kelgani munosabati bilan, karomat va ikromning bir farqini so’ylayman. Shundayki:

Karomatni izhor qilmoq, zarurati bo’lmasa, zararlidir. Ikromni izhor qilmoq esa, bir tahdisi ne`matdir. Agar karomatga musharraf bo’lgan bir shaxs shu g’ayritabiiy ishga sazovor bo’lganini bilsa va shu bilan birga nafsi ammorasi o’dmagan bo’lsa, o’ziga  bino qo’yish va nafsiga va kashfiga ishonib qolish va g’ururga ketish yo’li bilan istidrojga yo’liqishi mumkin. Agar o’zi bilmagan holda g’aroyib bir ishga sazovor bo’lsa.., masalan, birovning qalbida bir savol bor, Haq tarafidan so’ylatilib, ul savolga muvofiq bir javob beradi, so’ngra o’zi ham anglaydi. Anglagandan so’ng o’z nafsiga emas, balki o’z Rabbiga ishonchi ziyodalashadi. Va, «Meni mendan ko’ra ziyoda tarbiya etgan Hafizim bor,» deydi; tavakkulini ziyodalashtiradi. Bu xildagisi xatarsiz bir karomatdir, yashirishga majbur emas. Ammo faxr uchun qasdan izhor qilishga urinmasligi kerak. Chunki, unda, zohiran qaraganda, insonning xissasi bordek ko’ringani uchun, uni o’z nafsidan deb bilishi mumkin. Ammo ikromga kelsak, u karomatning salomatli (xatarsiz) bo’lgan ikkinchi xilidan ham salomatliroq, menimcha yanada oliydir; izhor qilinishi tahdisi ne`matdir. Insonning xissasi yo’qdir, nafsi uni o’zidan deb bilmaydi.

Mana qardoshim, ham sen uchun, ham men uchun, xususan Qur`on xizmatida yurganimizda, eskidan beri men ko’rgan va yozgan Ilohiy ehsonlar bir ikromdir; izhor qilinishi bir tahdisi ne`matdir. Shuning uchun tahdisi ne`mat navidan bo’lgan ikkimizning xizmatimizga oid muvaffaqiyatlarni senga yozyapman. Bilardimki, bu narsa senda faxr emas, shukr hissini uyg’otadi.

Аудио мавжуд эмас