mektubot | TO’QQIZINCHI MAKTUB | 4
(1-4)

Ajabo, Islomiyatsiz iymon najotga sabab bo’lishi mumkinmi?

Aljavob: Iymonsiz Islomiyat najotga sabab bo’lmagani kabi, Islomiyatsiz iymon ham najotga sabab bo’lmaydi. Falillahilhamlu val-minnatu, Qur`onning ma`naviy i`jozining fayzi bilan, Risolai Nur mezonlari Islom dinining va Qur`on haqiqatlarining mevalarini va natijalarini shunday bir tarzda ko’rsatganlarki, dinsiz ham ularni anglasa, tarafdor bo’lmasligi mumkin emas. Ham iymon va Islomning dalil va hujjatlarini shunchalik quvvatli ko’rsatganki, g’ayri-muslim ham anglasa, har holda tasdiqlaydi. g’ayri-muslimligicha qolgani holda iymon keltiradi. Ha, So’zlar Jannatdagi Tubo daraxtining mevalari kabi shunday xush va shirin natijalarni ko’rsatganlarki, ko’rganlarga va bilganlarga benihoya bir tarafdorlik va tan olishlik va taslim hissini beradi. Va mavjudot silsilasi kabi quvvatli va zarralar kabi ko’p bo’lgan iymon va Islom hujjatlarini ko’rsatganlarki, benihoya bir qoniqish va iymon quvvatini beradilar.

Hatto, ba`zan Shohi Naqshbandiyning virdlarida, shahodat keltirgan vaqtim,

  عَلَى ذَلِكَ نَحْىَ وَ عَلَيْهِ نَمُوتُ وَ عَلَيْهِ نُبْعَثُ غَدًا  deganimda, benihoya tarafdorlik his qilaman. Agar butun dunyo menga berilsa ham, bir iymoniy haqiqatni unga fido qilmayman. Bir haqiqatning aksini bir daqiqa faraz qilmoq, menga g’oyat og’ir keladi. Butun dunyo meniki bo’lsa, birgina iymoniy haqiqatning vujud topishi uchun uni hech ham ikkilanmay berib yuborishga nafsim itoat qiladi.

 وَ آمَنَّا بِمَا اَرْسَلْتَ مِنْ رَسُولٍ وَ آمَنَّا بِمَا اَنْزَلْتَ مِنْ كِتَابٍ وَ صَدَّقْنَا  degan vaqtim benihoya bir iymon quvvatini his etaman. Iymoniy haqiqatlarning har bittasining aksini aqlan mahol deb hisoblayman. Ahli zalolatni benihoya ahmoq va devona deb bilaman.

Sening padar va volidangga ko’plab salom va hurmatimni arz etaman. Ular ham menga duo qilsinlar. Sen mening ukam bo’lganing uchun, ular ham mening padar va volidam hukmidadirlar. Ham butun qishlog’ingizga, xususan sendan So’zlarni eshitganlarning barchasiga salom yo’llayman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy.

Аудио мавжуд эмас