Uchinchidan: Ko’ryapmanki, bu dunyo hayotida eng baxtiyor udirki, dunyoni bir askariy musofirxona deb hisoblasin va shunday e`tiqod qilsin va shunga ko’ra harakat qilsin. Va shunday e`tiqodi bilan, eng buyuk martaba bo’lmish rizo martabasini tezda qo’lga kirita oladi; sinuvchi shisha parchasi uchun doimiy bir olmosning narxini berib qo’ymaydi; istiqomat va lazzat ila hayot kechiradi. Ha, dunyoga oid ishlar – sinishga mahkum shishalar hukmidadir. Boqiy bo’lgan oxiratga oid ishlar esa, g’oyat sof olmoslar qiymatidadir.
Insonning fitratidagi shiddatli tashvish va haroratli muhabbat va dahshatli hirs va qaysarlarcha talab va hokazo kuchli hissiyotlar oxiratga oid ishlarni qozonmoq uchun berilgandir. U hissiyotni shiddatli bir suratda foniy dunyoning o’tkinchi ishlariga qaratmoq, foniy va sinuvchi shishalarga boqiy olmos narxini bermoq demakdir. Shu munosabat bilan xotirga kelgan bir nuqtani so’ylayman. Ya`ni:
Ishq – shiddatli bir muhabbatdir. U foniy mahbublarga qaratilganida, ul ishq yo o’z sohibini doimiy bir azob va alamda qoldiradi va yohud u majoziy mahbub ul shiddatli muhabbatning qiymatiga arzimagani uchun boqiy bir mahbubni izlatadi; ishqi majoziy ishqi haqiqiyga aylanadi.
Xullas, insonda minglab hissiyotlar bor. Har birining ishq kabi ikkita martabasi bor. Biri majoziy, biri haqiqiy.
Masalan, ertangi kun tashvishi har kimda bor. Shiddatli bir suratda tashvishga tushganda ko’radiki: u tashvishlangan kelajagiga yetishish uchun qo’lida hujjat yo’q, hamda rizq jihatidan kafolatlangan va qisqa bo’lgan dunyoviy istiqboli bunday shiddatli tashvishga arzimaydi. Undan yuzini o’girib, qabrdan keyingi haqiqiy va uzun va g’ofillar uchun kafolatlanmagan bir istiqbolga yuzlanadi.
Ham yana, boylikka va mansabga shiddatli bir hirs qo’yadi... Ko’radiki, vaqtinchaga uning nazoratiga berilgan u foniy mol va ofatli shuhrat va tahlikali va riyoga sabab bo’lgan mansab ul shiddatli hirsga arzimaydi. Undan, haqiqiy mansab bo’lmish ma`naviy martabalarga va Allohga yaqinlik darajalariga va oxirat ozig’i va haqiqiy boylik bo’lgan solih amallarga yuzlanadi. Yomon xislat bo’dgan hirsi majoziy oliy xislat bo’lgan hirsi haqiqiyga aylanadi.