mektubot | O’N IKKINCHI MAKTUB | 5
(1-5)

«Mazkur masalalar kabi nozik iymoniy masalalarni mezonsiz mujodala suratida jamoat ichida bahs qilmoq joiz emas. Mezonsiz mujodala bo’lgani uchun darmon emas, zahar bo’ladi. So’zlaganlarga ham, tinglaganlarg ham zarardir. Balki bunday iymoniy masalalarni qizishmay, insof bilan, fikr almashuvi tarzida bahs etmoq joizdir.»

Va yana aytginki: «Agar sening qalbingga shu xildagi masalalarda shubhalar kelsa va So’zlardan ham javobini topmasang, alohida menga yozarsizlar...» Dorixonachiga shuni ham aytginki, marhum padari haqida ko’rgan tushi borasida xotirimga shunday ma`no keldiki: «Marhum padari do’xtir bo’lgani munosabati bilan juda solih va muborak, balki valiy insonlarga foydasi tekkan. Undan mamnun bo’lgan va manfaat ko’rgan ul muboraklarning arvohlari, uning vafoti chog’ida, qushlar suratida uning eng yaqini bo’lmish o’g’liga ko’ringanlar. Va uning ruhiga shafqatkorona tarzda «Xush kelibsiz» degandek kutib olganlari xotirimga keldi.» O’sha kechada bu yerda birga bo’lgan barcha do’stlarga salom va duo yo’llayman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy.

Аудио мавжуд эмас