mektubot | O’N IKKINCHI MAKTUB | 4
(1-5)

Xullas, bashariyat anbiyolarning yuborilishi ila, taklif siri ila, mujohada ila, shaytonlar bilan kurash ila qozongan yuz minglab anbiyolar va millionlab avliyo va milliardlab asfiyolar kabi insoniyat olamining quyoshlari, oylari va yulduzlari bilan boyib, son jihatdan ko’p va sifat jihatidan ahamiyatsiz va zararli hayvonlar navidan bo’lgan kofirlarni va munofiqlarni yo’qotdi. 

Uchinchi Savolingiz: Janobi Haq musibatlarni beradi, balolarni yog’diradi. Xususan ma`sumlarga, hatto hayvonlarga bu zulm emasmi?

Aljavob: Aslo! Mulk Unikidir. Mulkida istaganicha tasarruf qiladi. Ham, ajabo, san`atkor bir zot, bir haq evaziga seni modellikka yollab, g’oyat san`atkorona tikkan chiroyli bir libosni senga kiydirsa; hunarini va mahoratini ko’rsatmoq uchun qisqartirsa, uzaytirsa, bichsa, kessa; seni o’tirgizib turgizsa... Sen unga: «Meni go’zallashtirgan libosni xunuklashtirding, meni o’tirgizib, turgizib zahmat berding», deya olasanmi? Albatta deyolmaysan. Desang, devonalik qilgan bo’lasan. Aynan shuningdek, Sone`i Zuljalol ko’z, quloq, til kabi tuyg’ular bilan ziynatlangan g’oyat san`atkorona bir vujudni senga kiydirgan. Turfa xil ismlarining naqshlarini ko’rsatmoq uchun seni xasta qiladi, mubtalo etadi, och qo’yadi, to’q qiladi, suvsiz qoldiradi... Shu kabi ahvollarga soladi. Hayotning mohiyatini quvvatlashtirmoq va ismlarining jilvasini ko’rsatmoq uchun, seni bunday ko’p holatlarda kezdiradi. Sen agar: «Meni nechun bunday musibatlarga mubtalo qilyapsan?» desang, misolda ishora qilingani kabi, yuzta hikmat seni og’zingni yopadi.

Zotan sokinlik, turg’unlik, harakatsizlik, bir maromda qolish, to’xtash – bir navi yo’qlikdir, zarardir. Harakat va o’zgarish mavjudlikdir, xayrdir. Hayot harakat bilan kamol topadi, balolar vositasida taraqqiy qiladi. Hayot ismlarning jilvasi ila xilma-xil harakatlarga mazhar bo’ladi, soflashadi, quvvat topadi, inkishof etadi, mohiyati ochiladi, kengayadi. O’z taqdirining yozilishida harakatlanayotgan qalam sifatida vazifasini ado etadi. Uxroviy ajrlarga layoqat kasb etadi.

Xullas, munoqashangiz ichidagi uch savolingizning muxtasar javoblari mana shulardan iborat. Izohlari o’ttiz uch adad «So’zlar»dadir.

Aziz qardoshim! Sen bu maktubni dorixonachiga va munoqashani eshitganlar ichidan munosib deb topganlaringga o’qi. Meni nomimdan yangi talabam bo’lgan dorixonachiga salom ayt va deginki:

Аудио мавжуд эмас