mektubot | O’N UCHINCHI MAKTUB | 3
(1-4)

Aljavob: Qur`oni Hakiymning xizmati meni shiddatli bir suratda siyosat olamidan man qildi, hatto o’ylashni ham menga unuttirdi. Yo’qsa, butun sarguzashti hayotim shohiddirki, haq deb bilgan maslagimda yurishga qarshi qo’rquv qo’limni tutib man qilolmagan va qilolmayapti. Nimadan ham qo’rqayin? Dunyo ila, ajalimdan boshqa aloqam yo’q. O’ylaydigan bola-chaqam yo’q. O’ylaydigan mol-dunyoim yo’q. Sharafini o’ylaydigan xonadonim yo’q. Riyokor bir sîhtà shuhratdan iborat bo’lgan dunyoviy shon-sharafni saqlab qolishga emas, sindirishga yordam qilganga rahmat. Qoldi ajalim. U Xoliqi Zuljalolning qo’lidadir. Kimning haddi borki, vaqti kelmay turib unga qo’l tekkiza olsa. Zotan, izzat bilan o’lishni zillat bilan (xor bo’lib) yashashdan ustun qo’yganlardanmiz. Eski Said kabi, bir kishi shunday degan:

وَ نَحْنُ اُنَاسٌ لاَ تَوَسُّطَ بَيْنَنَا    

 لَنَا الصَّدْرُ دُونَ الْعَالَمِينَ اَوِ الْقَبْرُ

Asosan, Qur`on xizmati meni bashariyatning siyosiy-ijtimoiy hayotini o’ylashdan man qilmoqda. Ya`ni:

Bashariyat hayoti bir safardir. Bu zamonda, Qur`onning nuri bilan ko’rdimki, u yo’l bir botqoqqa kirdi. Iflos va badbo’y bir balchiq ichra insonlar karvoni goh yiqilib, goh turib ketmoqda. Bir qismi salomatli bir yo’lda ketayotir. Bir qismi mumkin qadar balchiqdan, botqoqdan qutilish uchun ba`zi vositalarni topgan. Aksariyat qismi esa o’sha badbo’y, iflos, balchiqli botqoq ichra qorong’ilikda ketmoqda. Bu aksariyatning yuztadan yigirmatasi mastligi tufayli o’sha iflos balchiqni mushki-anbar deb o’ylab, yuz-ko’ziga surtmoqda; goh yiqilib, goh turib, bora-bora botib bormoqda. Yuztadan saksoni esa botqoqlik ekanini anglaydi; iflos, badbo’y ekanligini his qiladi, biroq, sarosimada qolganlar, salomatli yo’lni ko’rolmayaptilar.

Bas, bularga qarshi ikki chora bor: 

Biri, to’qmoq bilan mast bo’lmish yigirmatasini uyg’otmoqdir;

Ikkinchisi, nur ko’rsatish ila sarosimada qolganlarga salomatli yo’lni yoritmoqdir.

Men ko’ryapmanki, yigirmataga qarshi sakson odam qo’liga to’qmoq olgan. Holbuki, ul bechora sarosimada qolgan saksontaga keragicha nur ko’rsatilmayotir. Ko’rsatilsa ham, bir qo’lida ham to’qmoq, ham nur bo’lganligi uchun ishonarsiz ko’rinmoqda. Sarosimada qolgan odam, «Ajabo, nur bilan meni jalb qilib, to’qmoq bilan urmoqchimikin?» deya hadiksiraydi. Hamda, ba`zan biron sababga ko’ra to’qmoq singan payt, nur ham uchar va yo so’nar.

Аудио мавжуд эмас