Ul botqoqlikdan murod, insoniyatning g’aflatkorona va zalolat-pesha bo’lgan buzuqliklarga to’la ijtimoiy hayotidir. U sarhushlar – zalolatdan lazzatlangan dinsizlardir. U sarosimada qolganlar – zalolatdan nafratlanganlardir, biroq chiqolmayotirlar; qutulmoqni istaydilar, biroq yo’l topolmayotirlar; sarosimada qolgan insonlardir. U to’qmoqlar esa siyosat jarayonlaridir. U nurlar esa Qur`on haqiqatlaridir. Nurga qarshi kurashilmaydi, unga adovat qilinmaydi. Yolg’iz shaytoni rajiymdan boshqa undan nafratlangan yo’qdir. Xullas, men ham Nuri Qur`onni qo’lda tutmoq uchun “Auzubillaxi mina-sh shaytoni va –s siyosati” deya siyosat to’qmog’ini tashlab, ikki qo’lim bilan nurga yopishdim. Ko’rdimki, siyosat jarayonlarida, ham muvofiqda, ham muxolifda bu nurlarning oshiqlari bor. Barcha siyosat jarayonlaridan va tarafkashliklardan juda yuksak va ularning g’arazkorona o’y-fikrlaridan pok va sof bo’lgan bir maqomda turib berilgan Qur`on darsi va ko’rsatilgan Qur`on nurlaridan hech qaysi taraf va hech bir qism chekinmasligi va ayb qidirmasligi kerak. Magar, dinsizlikni va daxriylikni siyosat deb o’ylab, unga tarafdor bo’lgan inson suratidagi shaytonlardan va yo inson qiyofasidagi hayvonlardan bo’lmasa.
Alhamdulillah, siyostdan tiyilganim tufayli, Qur`onning olmos haqiqatlarini, siyosiy tashviqot degan tuxmat ostida, shisha siniqlari qiymatiga tushirmadim. Balki, borgan sari ul olmoslar o’z qiymatlarini har toifaning nazarida porloq bir tarzda ziyodalashtirmoqda.
وَقَالُوا اْلحَمْدُ لِلّهِ الَّذِى هَدَينَا لِهذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلاَ اَنْ هَدَينَا اللّهُ لَقَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّناَ بِاْلحَقِّ
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy.