Qur`oni Hakiymning fayzidan shu damda ikki nuqta xotirga keldi, qisqa qilib yozamiz.
Birinchisi: Janobi Haq shunday bir Qodiyri Mutlaqdirki, yo’qlik va borliq Uning qudratiga va irodasiga nisbatan ikki xonadek bo’lib, g’oyat qulay bir suratda undan bunga o’tkazadi va keltiradi. Istasa bir kunda, istasa bir onda u yerdan qaytaradi. Ham yana, mutlaq yo’qlikning o’zi yo’qdir. Chunki cheksiz bir ilm bor. Ham Allohning ilm doirasidan tashqari bo’lgan joy yo’qki, bir narsa u yerga chiqib ketsa. Ilm doirasi ichida bo’lgan yo’qlik esa adami xorijiydir (zohiriy yo’qlik) va vujudi ilmiyga (ya`ni ilmiy borliqqa) parda bo’lgan bir unvondir. Hatto bu ilmiy borliqni ba`zi ahli tahqiq «Oyoni Sobita» deb ta`birlaganlar. Shunday ekan, yo’qlikka ketmoq – vaqtinchaga tashqi libosini yechib, ma`naviy va ilmiy borliqqa kirmoqdir. Ya`ni, halok bo’lguvchi va foniy narsalar tashqi vujudni tashlab, mohiyatlari ma`naviy bir vujud kiyadi; qudrat doirasidan chiqib, ilm doirasiga kiradi.
Ikkinchisi: Ko’p So’zlarda Izoh etilgani kabi, har narsa ism ma`nosi bilan va o’ziga tegishli jihati ila ahamiyatsizdir. O’z zotida mustaqil va bevosita sobit bir vujudi yo’q. Va yolg’iz o’ziga qolganda qoim turguvchi bir haqiqati yo’q. Ammo Janobi Haqqa qarashli jihatida esa, ya`ni harf ma`nosida bo’lsa, ahamiyatsiz emas. Chunki unda jilvasi ko’ringan boqiy ismlar bor. U yo’q emas, chunki mangu bir vujudning soyasini o’zida tutadi. Haqiqati bordir, sobitdir ham yuksakdir. Chunki u sazovor bo’lgan boqiy bir ismning sobit bir navi soyasidir.
Ham كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ insonning qo’lini mosivodan kesish uchun bir qilichdirki, u ham Janobi Haqning nomidan bo’lmagan foniy dunyoda foniy narsalarga nisbatan aloqalarni kesmoq uchun, hukmi dunyodagi foniy narsalarga tegishli. Demak Alloh nomidan bo’lsa, harf ma`nosida bo’lsa, livajhilloh bo’lsa, mosivoga kirmaydiki, كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ qilichi ila boshi kesilsa.
Alhosil: Agar Alloh uchun bo’lsa, Allohni topsa g’ayr qolmaydiki, boshi kesilsa. Agar Allohni topmasa va Uning nomi ila qaralmasa, har narsa g’ayrdir.
كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ qilichini iste`mol qilmoq kerak, pardani yirtmoq kerak, toki, Uni topmoq kerak!..
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy