mektubot | O’N SAKKIZINCHI MAKTUB | 7
(1-7)

Ikkinchi sabab va hikmat: Demak, maxluqotlardagi faoliyat bir ishtaha, bir ishtiyoq, bir lazzatdan keladi. Va hatto, har bir faoliyatda qat`iyan lazzat bordir. Balki har bir faoliyat bir navi lazzatdir.

Shunga o’xshab, Vojibul-Vujudga loyiq bir tarzda va behojat zotiga va mutlaq boyligiga muvofiq bir suratda va mutlaq kamoliga munosib bir shaklda hadsiz bir muqaddas shafqat va hadsiz bir muqaddas muhabbat bor. Va u muqaddas shafqat va muqaddas muhabbatdan kelgan hadsiz bir muqaddas shavq bor. Va u muqaddas shavqdan kelgan hadsiz bir muqaddas surur bor. Va u muqaddas sururdan kelgan – ta`biri joiz bo’lsa – hadsiz bir muqaddas lazzat bor.

Ham u muqaddas lazzatdan kelgan hadsiz tarahhumdan (rahm-shafqatdan), maxluqotning Qudrat faoliyati ichidagi va iste`dodlarining ichki qobiliyatdan amaldagi faoliyatga aylanishidan va takomillashishidan kelib chiqqan mamnuniyatlaridan va kamollaridan kelgan va Zoti Rahmoni Rahiymga oid – ta`biri joiz bo’lsa – hadsiz muqaddas mamnuniyat va hadsiz muqaddas iftixor bordirki, hadsiz bir suratda hadsiz bir faoliyatni taqozo qiladi.

Mana shu nozik hikmatni falsafa va fan va hikmat bilmagani uchundirki, shuursiz tabiatni va ko’r tasodifni va jonsiz sabablarni shu g’oyat darajada oliymona, hakiymona, basiyrona faoliyat bilan chalkashtirib yuborganlar. Zalolat zulmatiga tushib haqiqat nurini topa olmaganlar...

قُلِ اللّهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ

رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى كَاشِفِ طِلْسِمِ كَائِنَاتِكَ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْمَوْجُودَاتِ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ مَا دَامَ  اْلاَرْضُ وَ السَّموَاتُ

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

Аудио мавжуд эмас