mektubot | O’N SAKKIZINCHI MAKTUB | 4
(1-7)

Birinchisi: Masalan, bir podshoh bor. U podshohning Hokimi Odil ismi  ila bir adliya doirasi borki, u ismning jilvasini ko’rsatadi. Yana bir ismi Xalifadir. Maorif va ilm doirasi ul ismning ko’zgusidir. Yana uning Qo’mondoni A`zam ismi bor. Ul ism ila harbiy doirada faoliyat ko’rsatadi. Armiya ul ismning ko’zgusidir. Endi birov chiqsa va desaki: «U podshoh faqat Hokimi Odildir, adliya doirasidan boshqa doira yo’q.» U vaqt majburan adliya ma`murlari ichida, haqiqiy emas, e`tiboriy (nisbiy) bir suratda, maorif doirasidagi ulamolarning sifatlarini va holatlarini ularga tatbiq etib, yuzaki va xayoliy bir tarzda, haqiqiy adliya ichida nisbiy va yuzaki bir maorif doirasi tasavvur qilinadi. Hamda harbiy doiraga oid ahvol va muomalalarini yana faraziy bir tarzda, adliya ma`murlari ichida tasavvur qilib, haqiqiy bo’lmagan harbiy doira tarzida qaraladi va hokazo...

Mana shu holda, podshohning haqiqiy ismi va haqiqiy hokimiyati, Hokimi Odil ismidir va adliyadagi hokimiyatdir. Xalifa, qo’mondoni a`zam, sulton kabi ismlari haqiqiy emas, nisbiydirlar. Holbuki podshohlik haqiqati va saltanat haqiqati butun ismlarni haqiqiy o’laroq taqozo etadi. Haqiqiy ismlar esa, haqiqiy doiralarni istaydi va taqozo qiladi.

Xullas, Uluhiyat saltanati Rahmon, Razzoq, Vahhob, Xalloq, Faol, Kariym, Rahiym kabi juda ko’p muqaddas ismlarni haqiqiy o’laroq taqozo qiladi. Ul haqiqiy ismlar ham haqiqiy oynalarni taqozo qiladi.

Demak, Vahdatul-Vujud ahli modomiki لاَ مَوْجُودَ اِلاَّ هُوَ der ekan, har bir narsaning haqiqatini xayol darajasiga tushiradi. Janobi Haqning Vojibul Vujud va Mavjud va Vohid va Ahad ismlarining haqiqiy jilvalari va doiralari bor. Balki oynalari, doiralari haqiqiy bo’lmay, xayoliy, adamiy bo’lsa ham, ularga zarar qilmaydi. Balki haqiqiy mavjud bo’lganning oynasida vujud rangi bo’lmasa, yanada ziyoda tiniq va porloq bo’ladi. Ammo, Rahmon, Razzoq, Qahhor, Jabbor, Xalloq kabi ismlarning esa, tajallilari haqiqiy bo’lmay qoladi, e`tiboriy (nisbiy) bo’lib qoladi. Holbuki, bu ismlar «Mavjud» ismi kabi haqiqatdirlar, soya emaslar; asliydirlar, nisbiy emaslar.

Sahobalar va Mujtahid Asfiyolar va Ahli Bayt imomlari حَقَائِقُ اْلاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ deyishlari shundandirki, Janobi Haqning barcha ismlari bilan haqiqiy bir suratda tajallilari bor. Butun ashyoning, Uning ijodi ila oriziy bir mavjudligi bor. Va u mavjudlik, garchi Vojibul-Vujudning mavjudligiga nisbatan g’oyat zaif va qarorsiz bir soya, bir ko’lanka bo’lsa-da, biroq, xayol ham emas, vahm ham emas. Janobi Haq Xalloq ismi ila vujud beradi va ul vujudni davom ettiradi.

Аудио мавжуд эмас