Bamisoli, kichik bir oynada ulkan bir saroy ila ulkan bir bog’ning misoliy vujudi o’sha oynaga sig’ib ketganidek, moddiy olamning bir yillik masofasida minglab yillar kengligida misoliy vujudlar va ma`naviy haqiqatlar joylashadi.
Xotima: Shu masaladan anglashiladiki, shuhud darajasi iymoni bil-g’ayb darajasidan ancha pastdadir. Ya`ni, yolg’iz shuhudiga (ko’rganiga) suyangan bir qism avliyo ahlining ihotasiz (atroflicha bo’lmagan) kashfiyoti, payg’ambarlik vorislari bo’lgan asfiyo va muhaqqiqlarning shuhudi darajasida emas; ularning Qur`onga va vahiyga, g’aybiy, ammo sof, ihotali (keng qamrovli), to’g’ri bo’lgan iymon haqiqatlariga doir hukmlariga yetmaydi. Demak butun holatlar va kashfiyotlarning hamda zavqlar va mushohadalarning mezoni, Kitob va Sunnatdir. Va o’lchovlari, Kitob va Sunnatning muqaddas dasturlari va muhaqqiq asfiyolarning hadsiy (muqarrar) qonunlaridir.
Ikkinchi muhim masala:
Savol: Vahdatul-Vujud masalasi ko’plar tarafidan eng yuksak maqom deb hisoblanadi. Holbuki, valoyati kubro maqomida bo’lgan boshda Xulafoi Arbaa (to’rt buyuk xalifa) yetakchiligida sahobalarda, hamda boshda Oli Abo o’laroq Ahli Bayt imomlarida, hamda boshda Aimmai Arbaa (to’rt mazhab imomlari) o’laroq mujtahidlar va tobeinlarda bu xildagi Vahdatul-Vujud mashrabi ochiq ko’rinmagan. Ajabo, ulardan so’ngra chiqqanlar, ulardan ham o’tib ketganmilar? Yanada mukammal bo’lgan jaddai kubroni (ya`ni, eng to’g’ri yo’lni) topganmilar?
Aljavob: Aslo! Shamsi Risolatning eng yaqin yulduzlari va eng qariyb vorislari bo’lgan Asfiyolardan o’tib ketish hech kimning haddi emas. Balki jaddai kubro ularnikidir.
Vahdatul-Vujud esa bir mashrab, bir hol va bir noqis martabadir. Faqat zavqli, nash`ali bo’lganidan, sayru suluk ila u martabaga kirganlarida, ko’plar chiqishni istamaydilar. Unda qoladilar. Uni eng yuksak martaba deb o’ylaydilar.
Mana shu mashrab sohibi, agar moddiyatdan va vositalardan xalos bo’lgan va sabablar pardasini yirta olgan bir ruhga ega bo’lsa, istig’roqkorona bir shuhudga sazovor bo’lgan bo’lsa, Vahdatul-Vujud emas, balki Vahdatush-shuhuddan kelib chiqqan, ilmiy bo’lmagan, holiy bir vahdatul-vujud uning uchun bir kamol, bir maqom ta`min eta oladi. Hatto Alloh hisobiga koinotni inkor qilish darajasiga borishi mumkin. Agar buning aksi bo’lib, sabablar ichiga sho’ng’igan bo’lsa, moddiyatga chuqur kirgan bo’lsa, Vahdatul-Vujud deyishi, koinot hisobiga Allohni inkor qilishgacha boradi.
Ha, jaddai kubro – sahobalar va tobeinlar va asfiyolarning yo’lidir.
حَقَائِقُ اْلاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ jumlasi ularning umumiy qoidalaridir. Va Janobi Haqning, لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ mazmuniga ko’ra, hech narsa bilan o’xshashligi yo’q. Makondan va bo’linishdan munazzahdir (pokdir). Mavjudot bilan aloqasi Xoliqiyatdir (Yaratuvchisi ekanligi jihatidandir). Vahdatul-Vujud ahlining deganlaridek, mavjudot vahm (mavhumlik) va xayolotdan iborat emas. Ko’ringan narsalar ham Janobi Haqning asarlaridir. «