Dediki:
– Sutdan bir dengiz ko’rdim. Ustida ajib bir ko’prik uzangandi. U ko’prikning usti yopiq, derazasi bor edi. Men u ko’prikdan o’tdim. Bir emanzor ko’rdimki, tepalari uchli-uchli edi. Uning ostida bir g’or ko’rdim va ichiga kirdim. Oltin to’la bir xazina ko’rdim. Ajabo, ta`biri qanday ekan?
Uyg’oq o’tirgan do’sti dediki:
– Sen ko’rgan sut dengizi shu yog’och kosadir. Ul ko’prik esa shu nayimizdir. Ul tepasi uchli emanzor esa shu kiyikpanjadir. Ul g’or esa shu kichik teshikdir. Belkurakni keltir, senga xazinani ko’rsataman.»
Belkurakni keltirdi. U kiyikpanjaning ostini qazidilar. Ikkovini ham dunyoda mas`ud qiladigan oltin topdilar.
Xullas, yotgan odamning ko’rganlari to’g’ridur, to’g’ri ko’rgan, biroq uyquda bo’lganidan ihotasiz bo’lgani (atroflicha ko’rolmagani) uchun, ta`birlashga haqqi bo’lmaganidan va moddiy olamni ma`naviy olamdan farqlay olmaganidan, hukmi qisman yanglishdirki, «Men haqiqiy moddiy dengizni ko’rdim», dedi. Ammo uyg’oq odam olami misol bilan moddiy olamni farqlay olgani uchun, «Ko’rganing to’g’ridir, biroq haqiqiy dengiz emas, balki shu sut kosamiz sening xayolingga dengiz bo’lib ko’ringan, nay esa ko’prik bo’lib ko’ringan va hokazo...», dedi.
Demak, bundan chiqdi, moddiy olam bilan ruhoniy olamni bir-biridan farqlab olish lozim bo’ladi. Bir-biriga aralashtirib yuborilsa, hukmlari yanglish chiqadi. Masalan, sening tor bir xonang bor bo’lib, to’rt devorini qoplagan to’rtta katta oyna qo’yilgan. Sen ichiga kirgan vaqting, u tor xona keng bir maydondek ko’rinadi. Agar: «Xonamni keng bir maydondek ko’ryapman» desang, to’g’ri aytasan. Agar: «Xonam maydondek kengdir» deb hukm qilsang, yanglishasan. Chunki olami misolni olami haqiqiyga qorishtirib yuborgan bo’lasan.
Xullas, yer kurrasining yetti tabaqasiga doir masalada ba`zi ahli kashfning Kitob va Sunnatning mezoni ila tortmay bayon qilgan tasavvurlari, faqatgina jug’rofiya nuqtai nazaridagi moddiy vaziyatdan iborat emas. Masalan, deganlarki: «Yerdagi bir tabaqa – jin va ifritlardir. Minglab yillik masofadagi kengligi bor.» Holbuki, bir-ikki yilda aylanib chiqish mumkin bo’lgan kurramizga u ajib tabaqalar sig’masligi kerak. Biroq, olami ma`no va olami misolda hamda olami barzox va olami arvohda, kurramizni bir qarag’ay danagi deb faraz qilsak, undan tamassul va tashakkul bo’lgan misoliy daraxt ul danakka nisbatan ulkan qarag’ay daraxti kabi bo’lganidan, bir qism ahli shuhud, sayri ruhoniylarida yerning tabaqalaridan ba`zilarini olami misolda juda keng suratda ko’radilar. Minglab yillik masofalarni egallagandek ko’radilar. Ko’rganlari to’g’ridir, biroq olami misol suratan moddiy olamga o’xshagani uchun, ikki olamni bir-biriga birikkan holda ko’radilar va o’shandayligicha ta`bir qiladilar. Saxv olamiga (ya`ni hushyor holga) qaytganlarida, mezonsiz bo’lgani uchun, ular shohidi bo’lgan manzaralarni aynan ko’ringanidek yozganlaridan, haqiqatga xilof deb qabul qilinadi.