mektubot | O’N SAKKIZINCHI MAKTUB | 5
(1-7)

Ikkinchi misol: Masalan, shu xonaning to’rt devorida to’rt dona katta oyna bo’lsa. Har bir oyna ichida har qanday xona qolgan uchta oyna bilan birga aks etadi. Biroq har bir oyna o’zining sifatiga va rangiga ko’ra, narsalarni o’z ichiga oladi. O’ziga maxsus misoliy bir xona hukmida ko’rsatadi.

Deylik, ikki odam shu xonaga kirdi. Biri bitta oynaga boqadi va: «O’ar narsa buning ichidadir» deydi. Boshqa oynalar va u oynalar ichidagi suratlar haqida eshitganda, eshitganlarini o’sha bitta oynadagi ikki daraja aks etgan, haqiqati kichraygan, o’zgargan u oynaning bir burchagida tatbiq etadi. Ham deydi: «Men shunday ko’ryapman. Shunday ekan, haqiqat mana shudir». Boshqa odam unga deydi-ki: «Ha sen ko’ryapsan, ko’rganing haq. Biroq voqeda (aslida) va nafsul-amrda haqiqatning haqiqiy surati unday emas. Sen diqqat qilgan oyna kabi yana boshqa oynalar ham bor. Ko’rganing kabi kichik va aksning aksi emas». Xullas, Ilohiy ismlarning har biri alohida-alohida oynalarni istaydi.

Ham masalan, Rahmon, Razzoq ismlari haqiqatli va asl bo’lganlari uchun, o’zlariga loyiq, rizqqa va marhamatga muhtoj mavjudotlarni istaydilar. Rahmon haqiqiy bir dunyoda rizqqa muhtoj haqiqatli ziruhlarni qanday istasa, Rahiym ham shundayin haqiqiy bir Jannatni istaydi. Agar yolg’iz Mavjud va Vojibul-Vujud va Vohidi Ahad ismlarini haqiqiy deb, qolgan ismlar ularning ichiga soya bo’lmoq haysiyati ila olinsa, u ismlarga nisbatan haqsizlik hukmiga o’tadi.

Ushbu sirga ko’ra, Jaddai Kubro – albatta, valoyati kubro sohiblari bo’lgan sahobalar va asfiyolar va tobeinlar va Ahli Bayt imomlari va mujtahid imomlarning yo’lidirki, ular to’g’ridan to’g'ri Qur`onning birinchi tabaqa shogirdlaridir.

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ

Аудио мавжуд эмас