mektubot | O’N SAKKIZINCHI MAKTUB | 6
(1-7)

Uchinchi masala.

Hikmat va aql ila hal etib bo’lmagan muhim bir masala. 

كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِى شَاْنِ

 فَعّالٌ لِمَا يُرِيدُ

Savol: Koinotdagi uzluksiz shu hayratnamo faoliyatning siri va hikmati nimada? Nima uchun bu tinib-tinchimaganlar tinch turmaydilar, doimo aylanib, yangilanib turadilar?

Aljavob: Bu hikmatning izohi ming sahifa istaydi. Shunday ekan izohni qo’yib, g’oyat muxtasar bir xulosasini ikki sahifaga sig’diramiz.

Mana, masalan bir shaxs biron fitriy vazifani va yohud biron ijtimoiy vazifani bajarsa va ul vazifani haroratli suratda bajarayotgan bo’lsa, albatta unga diqqat qilgan anglaydiki, ul vazifaga uni undagan ikki narsadir.

Birinchisi: Vazifa bajarishga majbur qilgan narsa manfaatlar, samaralar, foydalar bo’lib, unga «illai g’oya» deyiladi.

Ikkinchisi: Bir muhabbat, bir ishtiyoq, bir lazzat bor bo’lib, harorat-la ul vazifani qildiradiki, unga «doi va muqtaziy» deyiladi. Masalan, taom emoq – ishtahadan kelgan bir lazzat, bir ishtiyoqdirki, uni yeyishga undaydi. Keyin esa, yeyishning natijasi vujudni oziqlantirmoqdir, hayotni davom ettirmoqdir.

Xuddi shuning kabi, وَلِلّهِ اْلمَثَلُ اْلاَعْلَى  shu koinotdagi dahshatnamo va hayratnamo hadsiz faoliyat ikki xildagi Ilohiy ismlarga suyangan holda ikki ulkan hikmat uchun jarayon etadiki, har bir hikmati ham benihoyadir.

Birinchisi: Janobi Haqning Asmoi Husnosining haddu hisobsiz anvoi tajallilari bor. Maxluqotning turlari ul tajaliyotning navlaridan kelib chiqadi. Ul ismlar esa, doimiy bir suratda namoyon bo’lishni istaydilar. Ya`ni, naqshlarini ko’rsatmoq istaydilar. Ya`ni, naqshlarining oynalarida jilvai jamollarini ko’rmoq va ko’rsatmoq istaydilar. Ya`ni, koinot kitobini va mavjudot maktubotini har on yangilab turmoq istaydilar. Ya`ni, borgan sari yangi-yangi ma`nolar yozmoq va har bir maktubni Zoti Muqaddas va Musammoi Aqdas bilan birga, butun ong egalarining nazari mutolaalariga ko’rsatmoq va o’qitmoqni taqozo etadilar.

Аудио мавжуд эмас