mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 1
(1-103)

O’n to’qqizinchi Maktub

 

Bu risola uch Yuzdan ziyod mo’`jizalarni bayon etadi. Hazrati Muhammad (A.S.M.)ning payg’ambarlik mo’`jizasini bayon etishi bilan birga o’zi ham u mo’`jizaning bir karomatidir. Risola uch-to’rt xususiyati bilan g’aroyibdir.

Birinchisi: Naql va rivoyat bo’lish bilan birga, Yuz sahifadan ko’p bo’lgani holda, kitoblarga murojaat etmay, yoddan chiqarib, tog’u tosh, bog’u rog’da, uch-to’rt kun mobaynida, kuniga ikki-uch soat ishlash sharti bilan, jami o’n ikki soatda yozib tugatilishi g’aroyib bir hodisadir.

Ikkinchisi: Bu risola uzun bo’lganiga qaramay, na yozilishi zeriktiradi va na o’qilishi latofatini yo’qotadi. Tanbal ahli qalamni Shunday shavq va g’ayratga keltirdiki, bu og’ir va zerikarli davrda Shu atrofda bir yil mobaynida yetmishtaga yaqin nusxa yozilgani u mo’`jizai risolatning bir karomati ekanligiga undan voqif bo’lganlarda qanoat hosil bo’ldi.

Uchinchisi: Tajribasiz va tavofuqdan xabari yo’q, hali bizga ham bu tavofuq ko’rinmasdan avval u va boshqa sakkiz kotib bir-birini ko’rmay yozgan nusxalarda, «Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom» iborasi butun risolada va «Qur`on» lafzi esa beshinchi parchasida Shunday bir tarzda tavofuq kelishlari ko’rsatdiki, zarra miqdor insofi bo’lgan buni tasodifga yo’ymaydi. Kim ko’rsa tasdiqlayaptiki, bu bir sirri g’aybiydir, mo’`jizai Ahmadiyaning (A.S.M.) bir karomatidir.

Bu risolaning boshidagi asoslar juda muhimdir. Ham Shu risoladagi hadislar barcha hadis imomlari nazdida maqbul va sahih ekanligi bilan birga, risolatning eng qat`iy hodisalarini bayon etadi. Bu risolaning barcha fazilatlarini bayon etishga to’g’ri kelsa, Shu risoladek bir asar yozish lozim bo’lganidan, mushtoq bo’lganlarga uni bir karra o’qib chiqishlari uchun havola qilamiz.

Said Nursiy.

---------------------------

Eslatma: Bu risolada ko’p hadisi sharif naql etdim. Yonimda hadis kitoblari bo’lmadi. Yozgan hadislarni lafzida yanglishgan bo’lsam, yo to’g’rilansin, yoki "Hadisi bil-ma`no" deb hisoblansin. Chunki Shunday maqbul bir fikr borki: "Hadisning ma`nosini naql etish joizdir." Ya`ni, hadisni yolg’iz ma`nosini olib, lafzini o’zi zikr etadi. Modomiki Shunday ekan, lafzida yanglishgan bo’lsam hadisi bilma`no nazari bilan qaralsin.

---------------------------

Аудио мавжуд эмас