mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 3
(1-103)

Ikkinchi Nuktali Ishora:

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom payg’ambarlikni da`vo qilgan, Qur`oni Azimushshondek bir farmonni ko’rsatgan va ahli tahqiqning guvohligida mingga yaqin ochiq-ravshan mo’`jizalar ko’rsatgandir. U mo’`jizalar jamlab qaralsa, ularning Yuz bergani payg’ambarlikni da`vo qilingani darajasida qat`iy ekanini ko’rsatadi. Qur`oni Hakiymning ko’p yerlarida eng qaysar kofirlar mo’`jizalarga sehr deya isnod qilishlari Shuni ko’rsatadiki, o’sha qaysar kofirlar ham u mo’`jizalarning mavjud va sodir bo’lganini inkor eta olmaydilar. Yolg’iz, o’zlarini aldash va yoki tarafdorlarini ishontirish uchun – xosho – sehr deganlar.

Ha, mo’`jizoti Ahmadiyaning (A.S.M.) Yuz tavotur quvvatida bir qat`iyyati bordir. Mo’`jiza esa, Xoliqi koinot tarafidan Uning da`vosiga bir tasdiqdir. . . . . . . hukmiga o’tadi. Masalan, sen bir podshohning majlisida, uning nazari doirasida desang-ki: "Podshoh meni falon ishga ma`mur qilib tayinladi." Sendan u da`voga dalil istashganda, podshoh "to’g’ri" desa, seni tasdiqlagan bo’ladi. Shuningdek, odatini va vaziyatini sening iltimosing bilan o’zgartirsa, "to’g’ri" so’zidan ko’ra Yanada qat`iy, Yanada sog’lom bir suratda sening da`voingni tasdiqlagan bo’ladi.

Xuddi Shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom da`vo qilganki: "Men Shu koinot Xoliqining elchisiman. Dalilim Shudirki, o’zgarmas odatini mening duo va iltimosim ila o’zgartiradi. Mana barmoqlarimga qarang, besh jo’mrakli bir chashma kabi suv oqizyapti. Oyga boqing, bir barmog’imning ishorasi bilan uni ikkiga bo’lmoqda. Shu daraxtga boqing, meni tasdiqlash uchun yonimga kelmoqda, shahodat keltirmoqda. Shu ozgina taomga qarang, ikki-uch odamga zo’rg’a etadigan holida, mana ikki Yuz, uch Yuz odamni to’ydirmoqda." Va hokazo... Yuzlab mo’`jizalarni shu tarz ko’rsatgandir.

Shu Zotning (A.S.M.) sidqiga (Ya`ni to’g’riligiga) dalillar va payg’ambarligiga hujjatlar yolg’iz mo’`jizalaridangina iborat emas. Balki ahli diqqat uchun, deyarli barcha harakatlari va faoliyatlari, ahvol va so’zlari, axloq va atvori, siyrat va surati sidqini va jiddiyatini isbot qiladi. Hatto bani Isroilning mashhur ulamolaridan Abdulloh ibni Salom kabi juda ko’p zotlar Ul Zoti Akram Alayhissalotu Vassalomning faqatgina siymosini ko’rib: "Shu siymoda yolg’on yo’q! Shu Yuzda hiyla bo’lishi mumkin emas!" – deb iymonga kelganlar.

Garchi muhaqqiq ulamolarning ko’pi payg’ambarlik dalillarini va mo’`jizalarni mingga yaqin deyishgan bo’lsa-da, lekin minglab, balki Yuz minglab nubuvvat dalillari bordir.  Yuz minglarcha yo’l bilan Yuz minglarcha turli fikrli odamlar ul Zot (A.S.M.)ning payg’ambarligini tasdiq etganlar. Birgina Qur`oni Hakiym, qirq taraflama mo’`jizaligidan tashqari, nubuvvati Ahmadiyaning (A.S.M.) ming hujjatini ko’rsatadi.

Аудио мавжуд эмас