Hayratlanarlisi Shundaki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning birgina mo’`jizasi bilan va yo bitta payg’ambarlik dalili bilan va yo bir kalomi bilan va yo Yuzini ko’rish bilan va hokazo.., biron bir alomati bilan, mubolag’asiz, minglab taraflarda minglab toifa insonlar iymon keltirganlari holda, butun o’sha minglab turdagi insonlarni va mudaqqiq va mutafakkirlarni iymonga keltirgan butun o’sha minglab payg’ambarlik dalillari, naqli sahih (Shubhasiz xabarlar) va osori qat`iya (qat`iy belgilar) bilan kelgan bo’lsada, hozirgi badbaxt bir qism insonlarga kifoya qilmayotgandek zalolatga ketmoqdalar.
Ikkinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ham insondir, insonligi nuqtai nazaridan insonlardek muomala qiladi. Hamda rasuldir, risolat nuqtai nazaridan Janobi Haqning tarjimonidir, elchisidir. Risolati vahiyga taYanadi. Vahiy ikki qismdir.
Biri: "Vahyi sarihiy"dirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u qismda bor yo’g’i tarjimondir, yetkazuvchidir, ammo ishtiroki yo’qdir. Qur`on va ba`zi qudsiy hadislar kabi.
Ikkinchi Qism: "Vahyi zimniy"dir. Shu qismning negizi va xulosasi vahiyga va ilhomga taYanadi. Ammo tafsiloti va tasviroti Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga oiddir. Vahiy bo’lib kelgan mujmal hodisani tafsil (sharhlash) va tasvirlashda Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom ba`zan ilhomga yoki vahiyga tayanib bayon qilar, va yohud o’z farosati bilan bayon qilardi. Va o’z ijtihodi bilan qilgan tafsilot va tasvirotni, yo risolat (elchilik) vazifasi nuqtai nazaridan oliy darajadagi qudsiy salohiyati bilan bayon etardi, va yohud urf-odat va ommaning fikrlash saviyasiga ko’ra, insonligi nuqtai nazaridan bayon etardi.
Xullas, har hadisning butun tafsilotiga tamoman vahiy degan nuqtai nazardan qaralmaydi. Insonlarga xos bo’lgan fikr va muomalalaridan payg’ambarlikning oliy belgilari qidirilmaydi. Modomiki, ba`zi hodisalar mujmal o’laroq o’zgacha bir suratda Unga vahiy bo’lib kelar, U esa o’z farosati bilan va ommabop jihati bilan tasvirlaydi. Shu tasvirdagi o’xshatma jumlalarga va mushkul jumlalarga ba`zan tafsir lozim bo’ladi. Chunki, ba`zi haqiqatlar borki, misol bilan tushuntiriladi. Masalan, bir vaqt payg’ambar huzurida chuqur gumburlagan ovoz eshitildi. Ul Zot marhamat qildiki, "Shu ovoz yetmish yildan beri yumalab, endi jahannamning tubiga tushgan bir toshning gumburlashidir." Bir soatdan keyin xabar keldiki, "yetmish yoshar mashhur bir munofiq o’lib jahannamga ketdi." Bu xabar Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning balig’ bir misol bilan bayon etgan hodisaning tavilini ko’rsatdi.
Uchinchi Asos: Naql etilgan xabarlar tavotur suratida bo’lsa qat`iydir. Tavotur ikki qismdir. (Izoh)
Izoh: Shu risolada tavotur lafzi turkcha "shoyia" ma`nosidagi tavotur emas, balki ishonchliligini ifodalagan, yolg’on ehtimoli bo’lmagan xabardir.
Biri, "Sarih tavotur" (Yaqqol tavotur);