Mana shu sir uchundirki, o’lim va ajal vaqti yashirilgan va insonning boshiga keladigan musibatlar ham g’ayb pardasi ortida qolgan. Xullas hikmati Rabboniya va rahmati Ilohiya shuni taqozo qilgani uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga bo’lgan o’ta hissiy marhamatini ko’p ranjitmaslik hamda oila va sahobalariga nisbatan shiddatli mehrini ko’pam mahzun ettmaslik uchun, Payg’ambar (A.S.V.) vafotidan so’ngra oila va sahobalarining va ummatining boshiga keladigan mudhish hodisalarni atroflicha va batafsil ko’rsatmaslik (Izoh) hikmat va rahmatning taqozosidir.
--------------------------
Izoh: Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomga, uning Oishai Siddiqaga bo’lgan muhabbatini va shafqatini ranjida etmaslik uchun "voqeai Jamal" hodisasida u ham bo’lishi qat`iy ko’rsatilmaganiga dalil – Azvoji Tohirotga (pokiza juftlariga) marhamat qilganki, "Koshki bilsaydim qaysi biringiz u voqeada bo’lishingizni" Biroq so’ngra yengil bir suratda bildirilganki, Hazrati Aliga (R.A.) marhamat qilgan:
"Sen bilan Oisha o’rtangizda bir mojaro bo’lsa فَارْفَقْ وَ بَلِّغْهَا مَاْمَنَهَا".
- - - ---------------------
Biroq,
وَمَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّاْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ hadisidagi tahdiddan shiddatla qo’rqqan; va فَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللّهِ oyatidagi shiddatli tahdiddan shiddat-la saqlangan komil muhaddislar, bizga sahih bir suratda ul xabarlarni naql qilganlar. (yetkazganlar).
Oltinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ahvol va vasflari, siyar va tarix suratida bayon etilgan. Faqat o’sha vasflari va holatlarining aksariyati ul Zotning insonlik jihatiga taalluqlidir. Holbuki, ul Zoti muborakning ma`naviy shaxsiyati va qudsiy mohiyati shu daraja yuksak va nuroniydirki, siyar va tarixda bayon etilgan sifatlar u yuksak sharafga uyg’un kelmaydi, u yuksak qiymatga muvofiq tushmaydi. Chunki, اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ siriga ko’ra, har kun, hatto hozir ham butun ummatning ibodatlari miqdoricha bir azim ibodat uning kamolot sahifasiga ilova etilmoqda. Benihoya rahmati Ilohiyaga, benihoya bir suratda, benihoya iste`dod bilan sazovor bo’lgani kabi, har kun hadsiz ummatining hadsiz duosiga sazovor bo’lmoqda. Va Shu koinotning natijasi va eng mukammal mevasi va koinot Xoliqining tarjimoni va suyuklisi bo’lgan ul Zoti Muborakning tom mohiyati va haqiqiy kamoloti, siyar va tarixga kiritilgan insoniy ahvol va atvorlariga sig’maydi. Masalan, Badr jangida Hazrati Jabroil va Mikoil, ikki muhofiz qo’riqchisi sifatida yonida bo’lgan shul Zoti Muborak, bozor ichida, badaviy bir arab bilan ot savdosida tortishgani, yagona shohidi bo’lgan Huzayfani guvoh qilib ko’rsatish bilan ko’ringan atvoriga uyg’un tushmaydi.