mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 11
(1-103)

BESHINCHI NUKTALI ISHORA.

* Gaybiy ishlarga doir hadislarning bir necha misolini zikr etamiz:

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom, sahih rivoyat ila va mutavotir darajada bizga yetib kelganki, sahobalar jamoati ichida bunday degan:

 اِبْنِى حَسَنٌ هذَا سَيِّدٌ سَيُصْلِحُ اللّهُ بِهِ بَيْنَ فِئَتَيْنِ عَظِيمَتَيْنِ

Undan qirq yil so’ngra Islomning eng buyuk ikki qo’shini qarama-qarshi kelgan vaqt, Hazrati Hasan Roziyallohu Anh, Hazrati Muoviya (R.A.) bilan sulh tuzib bobosining g’aybiy mo’`jizasini tasdiqlaganlar.

Ikkinchisi: Sahih rivoyatga ko’ra, Hazrati Aliga degan:

سَتُقَاتِلُ النَّاكِثِينَ وَالْقَاسِطِينَ وَالْمَارِقِينَ

ham Vaq`ai Jamal, ham Vaq`ai Siffin, ham Vaq`ai Xavorij hodisalaridan xabar bergan.

Ham Hazrati Aliga (R.A.), u Hazrati Zubayr bilan inoqlik davridayoq degan: "Bu senga qarshi jang qiladi, lekin nohaqdir."

Ham Asvoji Tohirot (pokiza juftlari)ga degan: Ichingizdan biringiz katta bir fitnaning boshida turasiz va har tarafdan ko’plar qatl etiladi.
"
وَتَنْبَحُ عَلَيْهَا كِلاَبُ الْحَوْئَبِ

Mana shu sahih, qat`iy hadislar, o’ttiz yildan keyin Hazrati Alining Hazrati Oisha va Zubayr va Talhaga qarshi Vaq`ai Jamaldagi; va Muoviyaga qarshi Siffindagi; va Xorijiylarga qarshi Xaravradagi va Nehrivondagi jangi o’sha g’aybiy xabarlarning amaldagi bir tasdig’idir.

Ham Hazrati Aliga: "Sening soqolingni boshingning qoniga belaydigan bir odamni..." deya xabarini bergan. Hazrati Ali o’sha odamni tanigan. U odam Abdurrahmon ibni Muljamul Xorijiy edi.

Ham Xorijiylar ichida Zussadya degan bir odamni g’arib bir nishon bilan alomat o’laroq xabar berganki, xorijiylardan o’lganlar ichida u odam ham bo’lgan. Hazrati Ali uning haqiqatligiga hujjat ko’rsatgan. Ham, mo’`jizai Nabaviyani e`lon etgan.

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom, Ummu Salomaning va Yana boshqalarning sahih rivoyatiga ko’ra, xabar berganki: "Hazrati Husayn Taff, Ya`ni Karbaloda qatl etilajakdir." Ellik yildan keyin jigarni ezuvchi ayni voqea sodir bo’lib, o’sha g’aybiy xabarni tasdiqlagan.

* Ham ko’p karra xabar berganki: "Mening Oli Baytim (oila-zurriyotim) mendan keyin يَلْقَوْنَ قَتْلاً وَتَشْرِيدًا Ya`ni, qatlga va baloga va quvg’inga ma`ruz qoladi." Hamda bir daraja izohlagan va aynan aytganidek chiqqan.

Аудио мавжуд эмас