mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 13
(1-103)

Aljavob: Dunyoviy saltanat aldoqchidir. Oli Bayt esa Islom haqiqatlari va Qur`on hukmlarini muhofaza etishga ma`mur (vazifador) yedilar. Xalifalikka va saltanatga chiqqan yo payg’ambardek ma`sum (begunoh) bo’lishi kerak va yohud Xulafoi Roshidin va Umar Ibni Abdulaziz Amaviy va Mahdiyi Abbosiy kabi xoriquloda bir zuhdi qalbiy bo’lishi lozimki, aldanmasin. Holbuki, Misrda Oli Bayt nomidan tashkil qilingan Davlati Fotimiya Xalifaligi va Afrikada Muvahhidin Hukumati va Eronda Safaviylar Davlati ko’rsatadilarki, dunyo saltanati Oli Baytga yarashmaydi. Asl vazifasi bo’lmish dinni muhofazalashni va Islomga xizmatni ulardan unuttiradi. Holbuki, saltanatni tark etgan vaqtlarida, porloq va yuksak bir suratda Islomiyatga va Qur`onga xizmat qilganlar.

Mana ko’r! Hazrati Hasanning naslidan kelgan, xususan Aqtobi Arbaa (to’rt qutb, buyuk avliyolar) va xususan G’avsi A`zam bo’lmish Shayh Abdulqodir Gayloniy va Hazrat Husaynning naslidan kelgan imomlar, xususan Zaynalobidin va Jafari Sodiq kabilardirki, har biri bittadan ma`naviy mahdiy hukmidadir, ma`naviy zulmni va zulmatni tarqatib, Qur`on nurlarini va iymon haqiqatlarini tarqatganlar. Bobokalonlarining bittadan vorislari ekanliklarini ko’rsatganlar.

Agan deyilsaki: "Muborak Islomiyat va Nuroniy Asri Saodatning boshiga kelgan o’sha dahshatli konli fitnaning hikmati va rahmat jihati qandaydir. Axir ular qahrga loyiq emasdilar-ku?"

Aljavob: Masalan, bahorda dahshatli, yomg’irli bir bo’ron har toifa o’simliklarning, urug’larning, daraxlarning iste`dodlarini turtki berib ochib yuboradi. Va ularning har biri o’ziga xos gul ochadi, birin-ketin fitriy vazifaga kirishadi. Xuddi shuning kabi, Sahobalar va Tobe`inlarning boshiga kelgan fitna ham, urug’lar hukmidagi turli-tuman xilma xil iste`dodlarni qamchilab harakatga soldi, "Islomiyat tahlikadadir, yong’in xavfi bor!" deya har toifani qo’rqitdi, Islomiyat himoyasi uchun yugirtirdi. Har biri o’z iste`dodiga ko’ra Islomiyat jomeining ko’p va xilma-xil vazifalaridan bir vazifani bo’yniga oldi, kamoli jiddiyat ila harakat qildi Bir qismi hadislarning muhofazasiga, bir qismi shariatning muhofazasiga, bir qismi iymon haqiqatlarining muhofazasiga, bir qismi Qur`onning muhofazasiga kirishdi va hokazo... Har bir toifa biron bir xizmatga kirdi. Islomiy vazifalarda qizg’in bir suratda sa`y-harakat qildilar. Turli-tuman ranglardagi ko’pgina chechaklar ochildi. Juda keng bo’lgan Islom olamining har tarafiga ul bo’ron ila urug’lar sochildi. Yer yuzining yarmini gulistonga aylantirdi. Biroq, afsus bu gullar va guliston ichidagi ahli bid`at firqalarining tikanlari ham chiqdi.

Go’yo, Qudrat qo’li shiddat ila o’sha asrni chayqatdi. Shiddat bilan harakatga solib aylantirdi. Himmat ahlini g’ayratga keltirib zaryadlantirdi. (quvvatlantirdi) Ul harakatdan vujudga kelgan markazdan qochish quvvati bilan juda ko’p munavvar mujtahidlarni va nuroniy muhaddislarni va qudsiy hofizlarni, asfiyolarni, aqtoblarni Islom olamining har tarafiga uchirdi, hijrat ettirdi. Sharqdan g’arbga qadar bo’lgan Islom ahlini hayajonga keltirib, Qur`onning xazinalaridan istifoda etish uchun ko’zlarini ochirdi.. Endi asl mavzuga qaytaylik.

Аудио мавжуд эмас