* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, Zoti Muborak (A.S.M.) qon oldirganida, muborak qonini Abdulloh ibni Zubayr tabarruk deb sharbatdek ichib yuborganida, unga bashorat berib: وَيْلٌ لِلنَّاسِ مِنْكَ وَوَيْلٌ لَكَ مِنَ النَّاسِ deya, xoriqo bir shijoat bilan ummatga bosh bo’lishini va mudhish hujumlarga ma`ruz qolishlarini va insonlar u sababli dahshatli hodisalarga giriftor bo’lishlarini xabar bergan. Xabar berganidek chiqqan. Abdulloh ibni Zubayr Umaviylar zamonida, Makkada xalifalikni e`lon qilib, qahramonona ko’p yurishlar qilgan. Nihoyat, Hajjoji Zolim katta bir qo’shin bilan ustiga hujum qilib, shiddatli jangdan so’ng ul qahramoni oliyshon shahid qilingan.
*
* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, bashorat berib:
وَيْلٌ لِلْعَرَبِ مِن شَرٍّ قَدِ اقْتَرَبَ deya, Chingiz va Xulaguning dahshatli fitnalarini va arablarning Abbosiya davlatini mahv etishini xabar bergan. Xabar berganidek chiqqan.
* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, Sa`d ibni Abu Vaqqos g’oyat og’ir xastaligida unga bashorat berib:
لَعَلَّكَ تُخَلَّفُ حَتّىَ يَنْتَفِعَ بِكَ اَقْوَامٌ وَيَسْتَضِرَّ بِكَ آخَرُونَ deya kelajakda buyuk bir qo’mondon bo’lishini, ko’p g’alabalar qilishini, ko’p millatlar va qavmlar undan manfaat ko’rib, ya`ni musulmon bo’lib va ko’plar zarar ko’rishini, ya`ni davlatlar uning qo’li bilan xarob bo’lishini xabar bergan. Xabar berganidek chiqqan. Hazrati Sa`d Islom qo’shiniga bosh bo’ldi. Eron davlatini yakson etdi. Ko’p qavmlarning Islom doirasiga va hidoyatga kirishiga sababchi bo’ldi.