mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 15
(1-103)

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, bir oylik masofada, Shom atrofida "Mute" deb nomlangan hududdagi mashhur g’azotda, jang qilgan sahobalarini ko’rib turganday, اَخَذَ الرَّايَةَ زَيْدٌ فَاُصِيبَ ثُمَّ اَخَذَهَااِبْنُ رَوَاحَة فَاُصِيبَ ثُمَّ اَخَذَهَا جَعْفَرُ فَاُصِيبَ ثُمَّ اَخَذَهَا سَيْفٌ مِنْ سُيُوفِ اللّهِ

deya, birma-bir hodisalarni sahobalariga xabar bergan. Ikki uch haftadan keyin Ya`la ibni Munabbih jang maydonidan keldi. U hali gapirmasidan, Muxbiri Sodiq (A.S.M.) jangning tafsilotini bayon etdi. Ya`la qasam ichib dedi: "Aynan aytganingdek bo’ldi."

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, bashorat berib:

اِنَّ الْخِلاَفَةَ بَعْدِى ثَلاَثُونَ سَنَةً ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَضُودًا وَاِنَّ هذَا اْلاَمْرَ بَدَأَ نُبُوَّةً وَرَحْمَةً

ثُمَّ يَكُونُ رَحْمَةً وَخِلاَفَةً ثُمَّ يَكُونُ مُلْكًا عَضُودًا ثُمَّ يَكُونُ عُتُوّاً وَ جَبَرُوتًا

degan. Ya`ni, Hazrati Hasanning olti oy xalifaligi bilan birga "Jihori Yori Guzin"ning (Xulafoi Roshidinning) xalifalak davrlarini va ulardan so’ngra xalifalik saltanat shakliga kirishini, so’ngra ul saltanat tugab, jabru zulm avj olishi va ummatning fasodga uchrashini xabar bergan. Xabar berganidek chiqqan.

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, bashorat berib

يُقْتَلُ عُثْمَانُ وَهُوَ يَقْرَأُ  ا لْمُصْحَفَ وَاِنَّ اللّهَ عَسَى اَنْ يُلْبِسَهُ قَمِيصًا وَاِنَّهُمْ يُرِيدُونَ خَلْعَهُ

deya, Hazrati Usmon xalifa bo’lishini va iste`fosi talab qilinishini va Qur`on o’qiyotganda mazlumona bir suratda qatl etilishini xabar bergan. Xabar berganidek chiqqan.

Аудио мавжуд эмас