Shu maqomda bir muhim savol bor. "Hazrati Alining bu qadar xalifalikka layoqatli bo’lsa va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga yaqinligi hamda xoriqo jasorat va ilmi bo’lsa-da, nima uchun xalifalikka avval tayinlanmadi va nima uchun uning xalifalik davrida Islom ko’p ziddiyatlarga uchradi?.."
Aljavob: Oli Baytga mansub bir qutbi a`zam (buyuk valiy) deganki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Hazrati Alining (R.A.) xalifa bo’lishini orzu qilgan, biroq g’aybdan unga bildirilganki, Allohning murodi boshqadir. U o’z orzusini tashlab Allohning irodasiga tobe bo’lgan." Murodi Ilohiyning hikmatlaridan biri bunday bo’lsa kerak:
Payg’ambarimiz vafotidan so’ngra, ittifoq va ittihodga juda ziyoda muhtoj bo’lgan sahobalarga agar Hazrati Ali bosh bo’lsa edi, Hazrati Alining xalifalik davrida vujudga kelgan hodisalarning guvohligiga ko’ra, hamda Hazrati Alining maslahat kutmaydigan, parvo qilmaydigan, zohidona, qahramonona, manfaat ilinjisiz qilgan harakatlari va olamga mashhur shijoati e`tiboriga ko’ra, ko’p zotlar va qabilalar orasida rahobat tomirini harakatga keltirib, tafriqaga sabab bo’lishiga kuchli ehtimol bor edi.
Ham Hazrati Alining xalifaligi keyinga qolishining bir siri ham shundaki, g’oyat turli-tuman qavmlarning bir-biri bilan aralashib ketishi bilan, Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom xabar berganidek, kelajakda vujudga keladigan yetmish uch firqa fikrlarining asosini tashkil qilgan o’sha qavmlar ichida, fitnali hodisalar ro’y bergan davrda, Hazrati Alidek xoriqo bir jasorat va farosat sohibi, Hoshimiy va Oli Bayt kabi hurmatli bir quvvat lozim ediki, taYana olsin. Ha, tayandi... Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom xabar berganidek: "Men Qur`onning tanzili uchun jang qildim, sen esa ta`vili uchun jang qilajaksan!"
Ham, agar Hazrati Ali bo’lmasaydi, dunyoviy saltanat Amaviylar hukmdorlarini butunlay yo’ldan chiqarish ehtimoli bor edi. Holbuki qarshilarida Hazrati Ali va Oli Baytni ko’rganlari uchun, ularga nisbatan muvozanat saqlash va ahli Islom nazarida mavqelarini muhofaza qilish uchun istar istamas Amaviya davlati raislarining barchasi, o’zlari bo’lmasa-da, har holda ularning tashviq va tasdiqlari bilan itoatidagilar va tarafdorlari butun quvvatlari bilan Islom haqiqatlarini va iymon haqiqatlarini muhofaza va nashr qilishga urindilar. Yuz minglab muhaqqiq mujtahidlar va komil muhaddislar va avliyolar va asfiyolar yetishtirdilar. Agar qarshilarida Oli Baytning g’oyat quvvatli valoyati va diyonati va kamoloti bo’lmasaydi, Abbosiylar va Amaviylar yakun topganidek, butunlay chig’irdan chiqish ehtimoli bor edi.
Agar deyilsaki: "Nima uchun Islomiy xalifalik Oli Bayti Nababiy qo’lida davom etmadi? Holbuki, eng ziyoda loyiq va mustahaq ular edi?"